Taste of Cherry (Gilos taʼmi) (forscha: طعم گيلاس..., Taʼm-e gīlās…) — 1997-yilda Abbos Kiarostami tomonidan yozilgan va rejissorlik qilingan Eron filmi. Filmda Homayoun Ershadi oʻrta yoshli Tehron yigiti rolini oʻynagan. Film 1997-yilda Kann kinofestivalida „Oltin palma yaprogʻini“ qoʻlga kiritdi.

Taste of Cherry
Rejissyor(lar) Abbas Kiarostami
Prodyuser(lar) Abbas Kiarostami
Ssenariynavis(lar) Abbas Kiarostami
Rollarda Homayoun Ershadi
Kinematografiya Homayun Payvar
Muharrir(lar) Abbas Kiarostami
Studiya(lar)
Distribyutor Artificial Eye
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 99 daqiqa
Mamlakat Eron
Til Forscha
Daromadi $10,923

Syujeti

tahrir

Oʻrta yoshli Badiiy mashinada Tehron boʻylab ish qiladigan odam qidiradi va uchragan odamlarga katta miqdorda pul taklif qiladi. U nomzodlar bilan suhbat paytida oʻzini oʻldirishni rejalashtirayotganini va qabrni allaqachon qazib qoʻyganini aytadi. U soʻragan odamlarga ertasi kuni ertalab qabr qazilgan joyga borishni, agar oʻlmagan boʻlsa, unga yordam berishni, oʻlgan boʻlsa, koʻmishni aytadi. U nima uchun oʻz joniga qasd qilmoqchi ekanligini aytmaydi.

U bu taklifni bir necha kishiga aytib koʻradi. Birinchi yigit yosh, tortinchoq kurd askari boʻlib, bu ishni bajarishdan bosh tortadi. U qoʻrqib ketganidan Badiiyning mashinasidan qochib ketadi. Ikkinchi yigit afgʻon seminaristi boʻlib, u ham oʻz joniga qasd qilish Qur’onda va dinda qoralangani sababli rad etadi. Uchinchisi Bahoriy ismli ozarbayjonlik taxidermist. U Badiiyga yordam berishga tayyor, chunki unga kasal bolasi uchun pul kerak. U Badiiyni oʻz joniga qasd qilmaslikka undaydi. Bahoriyning oʻzi ham 1960-yilda oʻz joniga qasd qilmoqchi boʻlganini, lekin daraxtdan tushgan tutni tatib koʻrganidan keyin yashashni tanlaganini, hayot oʻsha lahzalarda koʻziga yanada goʻzalroq koʻrina boshlaganini va keyin tut teriban uyiga ketganini aytadi. U hayotning goʻzalligi deb hisoblagan narsalarni, jumladan, quyosh chiqishi, oy va yulduzlarni gapirishni davom ettiradi. Bahoriy ertalab Badiiyni oʻlik holda koʻrsa, ustiga tuproq tashlashga vaʼda beradi. Badiiy uni ish joyiga qaytarib olib boradi. Lekin toʻsatdan Bahoriyga yana bir gapni aytmagani esiga tushib u ishlaydigan joyga boradi. U yerda Bahoriy bedana va kakliklar ustida tajriba oʻtkazayotgan boʻladi. Badiiy uni chaqirib, ertalab qabrga borganda unga tosh otib yoki yelkasidan tortib koʻrishini aytadi. Bahoriy shunday qilishga vaʼda beradi va ular xayrlashadi.

Oʻsha kechada Badiiy momaqaldiroq boshlanganda qabrida yotadi. Uzoq vaqt ekran qorongʻulashgandan soʻng, film Kiarostami va „Gilos taʼmi“ filmini suratga olgan guruhining kadr orti tasvirlari bilan tugaydi. Badiiyning oʻlgan yoki tirik qolgani nomaʼlum boʻlib qoladi.

Rollar

tahrir
  • Homoyun Ershadi janob Badiiy rolida
  • Abdolrahmon Bahoriy taxidermist janob Bahoriy rolida
  • Afshin Xorshid Baxtiyori ishchi rolida
  • Safar Ali Moradi askar rolida
  • Mir Husayn Nuri seminarist rolida

Film minimalistik, chunki u birinchi navbatda uzoq suratlarda suratga olingan; sur’ati bemalol va uzoq vaqt davomida olingan. Atrof-muhit (fon) tovushlari saqlab qolingan. Janob Badiiy kamdan-kam hollarda u bilan suhbatlashgan odam bilan bir xil kadrda koʻrsatiladi (bunga sabab suratga olish jarayonida rejissyor Kiarostami mashinaning yoʻlovchi oʻrindigʻida oʻtirgani ham boʻlgan). 

Musiqasi

tahrir

Filmda Lui Armstrongning 1929-yildagi „Sent Jeyms Infirmary Blues“ining moslashuvidan foydalanilgan. Filmda foydalanilgan yagona qoʻshiq bu afgʻon qoʻshiqchisi Ahmad Zohirning „Khuda Bowad Yaret“ (Xudo sizning himoyachingiz boʻlsin) boʻlib, u filmning taxminan 38-daqiqasida radioda yangraydi. 

Chiqarish

tahrir

"Gilos taʼmi" filmi chiqarilgan yili 1997-yilda Kann kinofestivalida[1] nufuzli "Oltin palma yaprogʻi " bilan taqdirlangan.

Manbalar

tahrir
  1. „Festival de Cannes: Taste of Cherry“. festival-cannes.com. 2011-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-sentabr 2009-yil.