Xilvatdagi uy (inglizcha: House at the End of the Street) 2012-yilda ekranlarga chiqarilgan AQSh triller filmidir. FilmNation Entertainment va A Bigger Boat Productions studiyalari tomonidan ishlangan hamda Relativity Media tomonidan tarqatilgan. Film rejissori — Mark Tonderai, produserlari — Aaron Ryder, Peter Block va Hal Lieberman, ssenariy muallifi esa David Loucka'dir. Filmda bosh rollarni Jennifer Lawrence, Max Thieriot, Gil Bellows va Elisabeth Shue ijro etgan.

Xilvatdagi uy
House at the End of the Street

Film posteri
Rejissyor(lar) Mark Tonderai
Prodyuser(lar)
  • Aaron Ryder
  • Peter Block
  • Hal Lieberman
Ssenariynavis(lar) David Loucka
Rollarda
Bastakor(lar) Theo Green
Kinematografiya Miroslaw Baszak
Muharrir(lar)
  • Steve Mirkovich
  • Karen Porter
Studiya(lar)
  • FilmNation Entertainment
  • A Bigger Boat Productions[1]
Distribyutor Relativity Media
Chiqarilgan sanasi
  • 21-sentyabr, 2012-yil(2012-09-21)
Davomiyligi 101 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $6,9-10 million[1][2]
Daromadi $44,1 million[1]

Filmning ilk relizi 21-sentabr 2012-yilda boʻlib oʻtgan. Film mablagʻi $6,9-10 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $44 million daromad qilgan.

Mazmuni tahrir

Yaqinda ajrashgan shifokor Sarah Cassidy (Elisabeth Shue) va uning 17 yoshli qizi Elissa (Jennifer Lourens) kichik shaharchaga koʻchib oʻtishadi. Ularga qoʻshnilari dahshatli bir hikoyani soʻzlab beradi. Hikoyaga koʻra shunday: Toʻrt yil oldin Carrie-Anne Jacobson ismli qiz ota-onasini oʻldirib, oʻrmonga qochib ketadi va shu bilan uni hech kim qaytib koʻrmaydi.

Rollarda tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 „House at the End of The Street“. The Numbers. Nash Information Services. Qaraldi: 23-dekabr 2014-yil.
  2. „House at the End of the Street“. Box Office Mojo.

Havolalar tahrir