Hovuz mahallasi
Hovuz mahallasi – Toshkentning markazida joylashgan qadimiy mahallalardan biri. Degrez, Eski Namozgox, Qalandarxona, Maxkama va Janggox mahallalari bilan chegaradosh. Gʻarbida Xoʻja Axror Valiy jome masjidi va Koʻkaldosh madrasasi, „Boboyi Obrez“ maqbarasi joylashgan boʻlib, Shayx Xovandi Toxur va Shayx Umar Bogʻistoniyning pirustozlari shu maqbaraga dafn etilgan. Mahallaning sharqida Hovuzbogʻ masjidi va madrasasi xam boʻlgan. „Hovuzbogʻ“ nomi tarixi uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Oʻtmishda (taxminan 15-asr) bir guruh toshkentliklar haj safariga borayotganlarida Sheroz shahridan oʻtishgan va u yerdagi mashxur Sheroz bogʻlarini koʻrib mahliyo boʻlishgan. Safardan qaytgach, oʻsha bogʻning moʻjaz nusxasini yaratishni niyat qilishgan. Besh-olti yil deganda bu niyat amalga oshgan. Taxminan 100 qadam keladigan hovuz bogʻ markazida joylashgan. Hovuzning atrofida bogʻ gʻishtli masjid xam boʻlgan(nomi shundan). Rivoyatlarga koʻra, mahallaga Xoja Axror Valiy, Abduraxmon Jomiylar kelgan, Jome masjidiga tutash uyda shoir Hislat yashagan, xozirgi „Bolalar dunyosi“ doʻkoni oʻrnida Mulla Toʻychi xofiz uyi boʻlgan. Hozirda uning oʻrnida Oʻzbek drama tetri binosi, „Xadra“ sport-sogʻlomlashtirish majmuasi, „Chorsu“ buyum bozori, Xoʻja Axror Valiy jome masjidi joylashgan. Mahallada Moshtabiblar sulolasi, Zokir oqsoqol, Karim Zokirov, kinorejissyor Nabi Gʻaniyev va boshqalar yashagan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Toshkent ensiklopediyasi 2009, s. 762.
Adabiyotlar
tahrirToshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 780-bet.