Nabi Gʻaniyev
Gʻaniyev Nabi (1-may 1904 — Toshkent — 29-oktyabr 1953) — kinorejissor, oʻzbek kinosining asoschilaridan. 1944-yil Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. 1921-1925-yillarda Moskvadagi Oliy davlat badiiy-texnik ustaxonasining rabfakida oʻqigan. 1925-yil Toshkentda kinostudiya ishga tushirilgach, Nabi Gʻaniyev Toshkentga qaytadi va umrining oxirigacha shu kinostudiyada ishlaydi. Atrofiga iqtidorli yoshlarni toʻplab, ularga kino haqida koʻproq maʼlumot berish maqsadida „Kinoaktyor“ va „Kinossenariy“ kitoblarini yozadi. „Oʻzbekiston kino doʻstlari“ jamiyatini tuzadi, kinotexnikum (hozirgi Nabi Gʻaniyev nomida) ochilishida faollik koʻrsatadi. Avval aktyor, konsultant, rejissyor yordamchisi boʻlgan, asosiy rejissyorlik faoliyatini 30-yillarda boshlagan. Uning „Yuksalish“, „Ramazon“, „Yigit“ filmlari oʻzbek badiiy kinosining shakllanishida muayyan bosqich yoʻlini oʻtadi.
Nabi Gʻaniyev | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1-may 1904-yil Toshkent |
Vafoti |
29-oktyabr 1953-yil (49 yoshda) Toshkent |
Mukofotlari |
Ikkinchi jahon urushi yillari Nabi Gʻaniyev „Biz yengamiz“ filmini suratga olinishida qatnashdi va „Dovyurak doʻstlar“ filmini yaratdi. Keyinchalik unga katta shuhrat keltirgan va oʻzbek kinosining durdonalaridan boʻlgan „Tohir va Zuhra“ (1944), „Nasriddinning sarguzashtlari“ (1947), „Fargʻona qizi“ (1948) kabi filmlarni ekranlashtirdi.
1949–1952-yillar davomida yaratgan „Qoraqalpoq diyorida“, „Fargʻona vodiysi“, „Kanash“, „Oʻzbek raqsi ustalari“ kabi hujjatli filmlarida respublika mehnatkashlari hayoti, mehnati, sanʼatini ulugʻladi. Nabi Gʻaniyev ijodi oʻzbek kino sanʼati shakllanishi va taraqqiy etishida katta rol oʻynadi. Vafotidan soʻng „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlangan (2001). Toshkent koʻchalaridan biriga Nabi Gʻaniyev nomi berilgan.[1][2]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Havolalar
tahrir