Hozirgi zamon va Yangi Oʻzbekiston

Hozirgi zamon va Yangi Oʻzbekiston – Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil chop etilgan kitobi[1][2]. Kitob „Oʻzbekiston“ nashriyotida nashr etilgan. Kitobning asosiy qismini soʻngi yillarda Oʻzbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, mamlakatning xalqaro miqyosidagi oʻrni, oʻzbek xalqining mehnati va boshqa islohotlarga oid muallifning fikr-mulohazalari tashkil etadi. Kitobning muqovasida Toshkent shahrida joylashgan „Yangi Oʻzbekiston“ bogʻidagi humo qushi monumenti va Oʻzbekiston bayrogʻini uygʻunlashtirilganligini koʻrish mumkin.

Muallif(lar) Shavkat Mirziyoyev
Til oʻzbekcha
Nashriyot „Oʻzbekiston“

Kitobning boblari

tahrir

Kitob umumiy hisobda 6 ta bobdan iborat boʻlib, har bir bobda muammolar va ularga yechimlar keltirib oʻtilgan[3]:

1-bob:Insoniyat tanlagan barqaror rivojlanish yoʻli

tahrir

Ushbu bobda muallif dunyodagi oʻzaro kelishmovchiliklar, nizolar va xavf-xatarlarni keltirib chiqargan sabablar va bularga barham berish boʻyicha oʻzining yechimlarini qayd etgan.

2-bob:Yangi Oʻzbekiston – ijtimoiy davlat

tahrir

Oʻzbekistonda 2023-yil 30-aprelda boʻlib oʻtgan Konstitutsiyaviy oʻzgartishlardan song joriy etilgan yangi konstitutsiyaning 1-moddasida davlatning ijtimoiyligi ham kiritilgan edi. Mazkur bobda mamlakatdagi ijtimoiy sohadagi oʻzgarishlar, jumladan, maktabgacha, maktab va oliy taʼlim, sport, ilm-fan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha fikrlar bildirilgan. Bundan tashqari, iqtisodiyot sohasida pul-kredit, soliq, moliyaviy operatsiyalar sohasidagi soʻnggi yillardagi yangi tizimlar hamda IT texnologiyalardan keng foydalanish, innovatsion gʻoya va loyihalarni hayotga joriy etish, raqamli texnologiyalardan foydalanishni oshirish taʼkidlangan.

3-bob:Yangi Oʻzbekiston: barqaror iqtisodiy taraqqiyot

tahrir

Mazkur bobda iqtisodiy tarmoqlardagi yutuqlar eʼtirof etilgan. Tadbirkorlikni rivojlantirish, raqamli iqtisodiyot uchun rejalar, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, „yashil“ energetika mavzularida fikrlar qayd etilgan.

4-bob:Sayyoramiz va Yangi Oʻzbekiston ekologik tahdidlar qarshisida

tahrir

Ushbu bobda soʻngi yillardagi ekologik inqirozlar, iqlim oʻzgarishi, bioxilma-xillikning qisqarishi va atrof-muhit ifloslanishi, tabiiy resurslarning kamayishi tashvish bilan esga olingan. Shu bilan birgalikda, suv muammosiga oliy taʼlimda shu sohada tahsil olgan kadr sifatida muammolar va ularga yechimlar, qoʻshni davlatlar bilan mazkur masaladagi yaqindan hamkorlik boʻyicha fikrlar bildirib oʻtilgan.

5-bob:Xalq xizmatidagi davlat – el-yurt uchun ulugʻ saodat

tahrir

Ushbu bobda sud-huquq tizimidagi islohotlar, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ayrim masalalar tilga olingan. 2023-yilda yangilangan Oʻzbekiston Konstitutsiyasida Oʻzbekistonning boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, suveren tengligini, kuch ishlatmaslik, kuch bilan tahdid qilmaslik, nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish prinsiplarini amalda oʻz ifodasini topayotgani qayd etilgan.

6-bob:Yangi Oʻzbekiston – xavfsiz va tinchliksevar davlat

tahrir

Mazkur bobda Oʻzbekistonning diplomatiyasi, xorijda mehnat qilayotgan migrantlarni huquqlarni himoya qilish, ularni qoʻllab-quvvatlash, qurolli kuchlar tizimini rivojlantirish va Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish boʻyicha mulohazalar bildirib oʻtilgan.

Manbalar

tahrir
  1. „“Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” Yangi kitob“. Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi veb-sayti. Qaraldi: 24-iyul 2024-yil.
  2. „“Ҳәзирги заман ҳәм Жаңа Өзбекстан”“. Қарақалпақстан Хабар Агентлиги. Qaraldi: 25-iyul 2024-yil.
  3. „“Ҳозирги замон ва Янги Ўзбекистон”“. O'zbekiston milliy axborot agentligi. Qaraldi: 24-iyul 2024-yil.