Huichon
Hŭich'ŏn (Koreyscha talaffuzi : [huichon]) – Shimoliy Koreya Chagang viloyatining janubiy qismida joylashgan shahar,aholisi 168 180 nafar kishini tashil qiladi. (2008-yil maʼlumotlari).
Tarixi
tahrirShaharni oʻrab turgan hudud 1896-yilda Huichon okrugiga aylandi. Dastlab Yaponiya mustamlakachilik davrida Shimoliy Pyongan provinsiyasi tarkibiga kirgan. 1947-yil yanvar oyida yangi tashkil etilgan Chagang provinsiyasi tashkil etilganda okrug dastlab toʻqqiz myon va 35 dongga boʻlingan, ammo okrugning sharqiy rayonlarining bir qismi 1952-yilda Tongsin okrugini tashkil etish uchun maʼmuriy boʻlinishdan chiqqan. 1967-yil oktyabr oyida okrugga shahar maqomi berilgan[1].
Maʼmuriy boʻlinmalari
tahrirHuichon provinsiyasi 21 tong (mahallalar) va 12 ri (qishloqlar) ga boʻlingan:
|
|
Iqtisodiyoti
tahrirSanoatning asosiy tarmoqlari avtomobilsozlik va mashinasozlik, jumladan Huichon dastgohlar ishlab chiqarish zavodi, Huichon ipak tegirmoni zavodi va Huichon qattiq shisha buyumlar ishlab chiqarish fabrikasidan iborat.
Huichon dastgohlar ishlab chiqarish zavodi
tahrirKorea Umumiy Mexanika Savdo Tashkiloti Shimoliy Koreya hukumati tomonidan ichki va eksport uchun ogʻir yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi Huichon dastgohlari zavodini boshqaradi (garchi eksportning aksariyat qismi BMT embargolari bilan toʻsib qoʻyilgan boʻlsa ham).
Zavod 1955-yilda tashkil etilgan,poʻlat ishlab chiqarish,quyish,qayta ishlash,yigʻish,boʻyash va qadoqlash kabi vazifalarni bajaradi. Mahsulotlar seriyali va kichik hajm asosida ishlab chiqariladi;uning nozik dastgohlar ishlab chiqarishi shpal silliqlash dastgohlari va sanoat stanoklarining assortimentini oʻz ichiga oladi.
Zavodni yaratish masalasi birinchi marta 1951-yil mart oyida Koreya Ishchilar partiyasi Markaziy Qoʻmitasi yigʻilishida muhokama qilingan. Kim Il Sen shunday degan edi:„Urush davomida oʻq-dorilar va qurollar ishlab chiqaruvchi zavod qurish haqda bir toʻxtamga keldim. Uzoq vaqt davomida foydasi tegadigan kuchli mashinasozlik zavodiga ega boʻlishimiz lozim. Zavodlarni qurish uchun ikkita muqobil joy esa Tokchon va Huichon provinsiyalaridir“.
Zavod qurilgach, shahar mashinasozlik sanoati uchun namuna boʻldi. Taean, Ragvon, Tokchon, Ryongsong, Kusong va boshqa hududlarda mashinasozlik zavodlari Huichonda qurilgan zavod modelida qurilgan. KXDR hukumati maʼlumotlariga koʻra, (1998) Shimoliy Koreyada mashinasozlik sanoati ozodlikdan oldingi koʻrsatkichga nisbatan 1690 baravarga koʻpaygan va oʻzini oʻzi taʼminlashi 98 foizni tashkil etgan.
-
Torna
-
Zavodning umumiy koʻrinishi
-
Maslahat uchrashuvi
-
Zavod ishchilari
-
Gorizontal frezalash mashinasi
-
Nazorat xonasi
-
Nazorat xonasi
Huichon ipak tola fabrikasi
tahrirHuichon ipak tola fabrikasi davlat korxonasi boʻlib, ipak tolasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Fabrika ancha davrlardan beri koreyslarning maxsus zavodi sifatida faoliyat olib borgan. Zavoddagi faoliyat 1988-yil sentyabr oyida yakunlangan. Zavod binosi Chongchon daryosi qirgʻogʻida joylashgan.
Ipak tolalarni ishlab chiqarishning dastlabki jarayoni pillalarni sarash boʻlib, kapalak qurtlari boʻlgan pillalarni olib tashlanadi. Pilla qaynatish va ipak yigʻish ishchi guruhlari tola ishlab chiqarishni koʻpaytirishga eʼtibor qaratishadi . Pilla qaynatish ishchi brigadalarining mashinistlari pillani qaynatishda haroratni oqilona tartibga solish orqali „foydalilik koʻrsatkich“larini oshirishlari kerak.
Ipak oʻrash sexida pilla tolalar uchlarini topishga mas’ul boʻlgan ishchilar pilla iplarining barcha uchlarini koʻzdan kechirishib, ularning bekorga isrof boʻlmasligiga ishonch hosil qilishlari lozim.Ipak tolalarini saralovchilar koʻplab tola qozonlariga mas’ul boʻlib,„texnologik darajasini oshirish“ va oylik ishlab chiqarish rejalarini ortigʻi bilan bajarishlari kerak.
Garchi BMT embargolari soʻnggi yillarda ipak savdosiga putur etkazishgan boʻlishsa ham Chongchongang brendi asosidagi ipak tolalari koʻplab mamlakatlarga eksport qilingan.
-
Saralash jarayoni
-
Eksport qilish jarayoni
-
Ish jarayoni
Huichon shisha buyumlari ishlab chiqarish fabrikasi
tahrirHuichon shisha buyumlari ishlab chiqarish fabrikasi asosiy va qoʻshimcha binolardan iborat,taxminan 12 000 kvadrat metr maydonni egallagan. Zavod har yili oʻn milliondan ortiq shisha idish turlarini ishlab chiqaradi.
Fabrikada shisha erituvchi pech,press-plastmassa mashinasi va koʻplab mashinkalar mavjud,maishiy foydalanish uchun turli xil shisha idishlar ishlab chiqariladi. Ular Pxenyan, Chagang provinsiyasi va mamlakatning boshqa hududlaridagi uy xoʻjaliklariga yetkazib beriladi.
-
Shisha idishlar
-
Fabrikaning ichki koʻrinishi
Gidroenergetikasi
tahrirHuichon atrofida bir qancha kichik GESlar hamda 2012-yil aprel oyida muddatidan yetti yil oldin qurib bitkazilgan yirik GES (Huichon № 2) mavjud.GESning asosiy maqsadi Pxenyanni (janubi-sharqda 175 km masofada joylashgan) uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlashdir.GES taxminan 300 MVe energiya ishlab chiqarish quvvatiga ega[2][3].
2012-yil dekabr oyida Huichon № 2 elektr stansiyasida jiddiy konstruktiv muammolar borligi va suv oqishi haqida xabar paydo boʻldi. Muammolar shunchalik katta ediki, Pxenyan kuniga atigi besh soat elektr energiyasi bilan taʼminla olgan. Ozod Osiyo radiosi hisobotiga koʻra, faqat Markaziy partiya amaldorlari uchun kvartiralar (43 qavatli), Koryo mehmonxonasi va yangi Changjon koʻchasi uy-joy qurilishi 24 soatlik, oddiy aholi yashaydigan tumanlar esa kuniga atigi besh soat elektr energiyasidan foydalanishi mumkinligi haqda xabar berilgandi[4].
Janubiy Koreya axborot markazi, The Chosun Ilbo maʼlumotlariga koʻra, Kim Jong-il muammolardan xabar topgach, gʻazablanib, mas’ul shaxslarga qattiq jazo berishni buyurganini xabar qildi[5].
Havolalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ „희천시(熙川市)“ [huichon city] (ko). Encyclopedia of Korean Culture. 2021-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-yanvar.
- ↑ „The New Huichon Power Station Providing Electricity to Pyongyang“. North Korean Economy Watch. 2012-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 1-yanvar.
- ↑ Makowsky, Peter; Town, Jenny; Pitz, Samantha. „North Korea's Hydroelectric Power - Part I“. 38 North. The Henry L. Stimson Center (2019-yil 3-iyul). Qaraldi: 2019-yil 2-sentyabr.
- ↑ Joon Ho Kim.. „New Power Plant Falls Short“. Radio Free Asia (2012-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 2-sentyabr.
- ↑ „Kim Jong-il 'Died in Fit of Rage Over Construction Project'“.