Hujayra yadrosi
Yadro — koʻpchilik bir hujayrali va hamma koʻp hujarayli organizmlar hujayralarining asosiy tarkibi qismi. Ya.ning boʻlishi yoki boʻlmasligiga binoan, organizmlar eukariotlar va prokariotlarp ajratiladi. Prokariotlar hujayrasida irsiy modda DNK sitoplazmadan chegaralanmagan, bir qancha organoidlar boʻlmaydi. Eukariotlar hujayrasida DNK saqlovchi strukturalar — xromosomalar va mitoxondriyalar bor. Genlardagi irsiy axborot orqali Ya. hujayrada oqsil sintezi, morfologik va fiziologik jarayonlarni boshqaradi. Ya. bilan sitoplazma oʻrtasida uzluksiz moddalar almashinuvi sodir boʻlib turadi. Ya.ni hayvon hujayralarida Ya.Purkinye (1825), oʻsimlik hujayralarida R.Broun (1831 — 33) kashf etishgan. Hujayralarda Ya. bitta yoki koʻp boʻlishi mumkin. Ya. sitoplazmadan 2 qavat membrana bilan ajralgan; tashqi membranasida ribosomalar joylashadi.
Eukaryotik hujayra organellalari:
|
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |