Organellalar
Organellalar yoki organoidlar (yun. organon — organ va eidos — koʻrinish, qiyofa) — hujayraning hayot faoliyati davomida uning maxsus funksiyasining bajarilishini taʼminlovchi doimiy tarkibiy qismlari, yaʼni hujayra organlari. Eukariot hujayralarda xromosomalar, mitoxondriylar, Golji kompleksi, endoplazmatik toʻr, ribosomalar, mikronaychalar, lizosomalar, hayvon hujayralarida sentriollar, mikrofibrillar, oʻsimliklarda plastidalar organoidlar deyiladi. Prokariot hujayralarda koʻpchilik organoidlar boʻlmaydi. Bir hujayralilarning maxsus strukturaviy elementlari, harakatlanish funksiyasini bajaruvchi xivchinlari va kipriklari, ovqat hazm qilish va ayirish vazifasini bajaruvchi vakuollari organellalar deyiladi. Koʻpincha "organoidlar" va "organellalar" terminlari sinonim sifatida qoʻllanadi.[1]
Eukaryotik hujayra organellalari:
|
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |