Humoyun
Humoyun (1508.6.3 - 1556.27.1) -Boburiylar davlati hukmdori (1530— 40, 1555—56).
1530-yil Humoyunning otasi Boburning Hindistondagi mulklariga ega boʻlgan. Sekin-asta Gujarot, Rajpu-tan, Malvani oʻz davlatiga qoʻshib olgan. Lekin oʻsib borayotgan ichki nizolar va ukalari Mirzo Komron, Mirzo Feruz, Askariy Mirzo va Hindol Mirzolarning mustaqillikka intilishlari davlatni zaiflashtirgan. Bundan foydalangan afgʻonlarning suriylar sulolasidan Shershoh Suriy Chausa shahri (1539) va Qanovuj shahri (1540) yaqinida Humoyunning qoʻshinini yengib, Dehlini egallagan. Humoyun Eronga qochib oʻtgan. Eronning harbiy yordami bilan Afgʻo-nistonni oʻz tasarrufiga olgan. 1541-yil ukasi Hindolning piri boʻlmish Mir Ali Akbar Jomiyning qizi Hamida Bonuga uylangan. 1542-yil Akbar tugʻilgan. Shershoh oʻlimidan keyin (1545) Shim. Hindistonda boshlangan nizolar mamlakatni siyosiy jihatdan parchalab tashlagan. Sharoitdan foydalanib Humoyun Hindistonga yurish boshlagan va 1555-yil 27-may kuni Sirxindda boʻlib oʻtgan shiddatli jangda afgʻonlar yengilganlar. Bu gʻalaba Shimoliy Hindistonda 2-marta boburiylar sulolasi hukmronligining oʻrnatilishini taʼminlagan. Humoyun oʻz kutubxonasi zinasidan tushib ketayotganda vafot etgan. Humoyun Hindistonda bir necha maʼmuriy islohotlar oʻtkazgan. Uning davrida Mir Sayid Ali boshchiligida miniatyura maktabi yuzaga kelgan. Humoyun fors va turkiy tillarda sheʼrlar yozgan. Akbar tomonidan Dehli shahrida H. maqbarasi qurilgan. Gulbadan begim Bobur va akasi Humoyun haqida "[Humoyunnoma|Humoyunno-ma]" asarini yozgan[1]. 1529-yili (936-hijriy) Humoyun sog'ayadi, ammo otasi Zahiriddin Muhammad Bobur kasallanib qoladi.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |