Hurstville Grove – Sydneyning janubiy chekkasida joylashgan tuman boʻlib, hudud Australiyaning New South Wales shtati tarkibiga kiragan. U Sydney Central Business District (Sidney Markaziy Biznes tumani) dan 19 kilometr janubda joylashgan boʻlib, St George hududidagi Georges River Council ning mahalliy hukumat hududi tarkibiga kirgan.

Hurstville Grove
Skyline of Hurstville Grove
33°58′54″S 151°5′34″E / 33.98167°S 151.09278°E / -33.98167; 151.09278
{{{mintaqa_turi}}} Sydney
Markazi balandligi 42 m
Aholisi
2,663
Pochta indeks(lar)i 2220
[[File:|290px|Hurstville Grove xaritada]]
Hurstville Grove
Hurstville Grove

Hurstville Grove tumani Hillcrest Avenue dan boshlab Georges daryosi boʻyidagi Oatley Bay (Oatley koʻrfazi) qirgʻogʻigacha choʻzilgan. Hududda asosan turar-joy binolari mavjud boʻlib, Hillcrest Avenue da bir nechta doʻkonlar bor. Hurstville va South Hurstville hududning shimoli-sharqida joylashgan alohida shaharchalardir.

Tarixi

tahrir
 
Hurstville Grove, Oatley koʻrfazidan koʻrinishi

Hurstville hududi kapitan John Townson va uning ukasi Robert Townson ga 1808-yilda berilgan. Kapitan Townson ga 7.9 km.kv. lik hudud topshirilgan boʻlib, hozirda Hurstville va Bexley hududlarining bir qismini egallagan yerlarda joylashgan, Robertga esa Penshurst, Mortdale va Peakhurstning bir qismini egallagan yerlar berilgan. Keyingi yilda, Kapitan Townson ga qoʻshimcha 1.0 km.kv. hozirda Kingsgrove va Beverly Hills tumanlar tomonidan egallangan yerlar berilgan. Aka-uka Townson lar bu berilgan yerlardan unchalik xursand boʻlmagan, chunki ularga berilgan yerlar qoʻylarni juni uchun boqishga yaroqsiz boʻlgani sababli ehtimol yerlarga umuman egalik qilishmagan.

Keyinchalik, yer boy savdogar boʻlmish Simeon Lord (1771–1840) ga 1812-yilda sotilgan va uni Lord’s Bush deb qayta nomlagan. Simeon Lord vafot etganidan soʻng, John Rose Holden va James Holt lar shu yerlarga egalik qilish huquqiga ega boʻlishgan.

1850-yilda yer Michail Gannon (1800-1861) ga sotilganidan soʻng Gannonʼs Forest nomi bilan tanilgan. Gannonʼs Forest ning oʻz pochtasi 1881-yilda ochilgan. 1876-yilda mahalliy maktab ochilgan va u maktab inspektori tomonidan Hurstville nomi bilan taniltirilgan. 1884-yilda tumanga temiryoʻl yetib kelganidan soʻng, Hurstville nomini maktabdan olib qoʻydi. Hurstville munitsipaliteti 1887-yilda tashkil etilgan.[1]

Cherkov

tahrir

Aholisi

tahrir

2011-yilgi aholini roʻyxatga olish statistikasiga koʻra, Hurstville Grove da 2,392 ta kishi istiqomat qilgan. Ularning 34,5 foizi xorijda tugʻilgan boʻlib, tugʻilganlarning eng koʻp ulushi Xitoy (7,8 foizi) , Gonkong (3,1 foizi) va Xorvatiya (1,8 foizi) kabi mamlakatlarga tegishli boʻlgan.

Hududda yashovchi oilalarning soʻzlashish tili boʻyicha Ingliz tili (53.7%) eng yuqori oʻrinda turgan boʻlib, kanton (asosan Xitoyning Guanchjou provinsiyasida tarqalgan til) (10.0%), yunon (9.2%) va Mandarin (5.8%) kabi tillar mos ravishda keyingi oʻrinlarni egallagan.[2]

Manbalar

tahrir
  1. Pollon, F. (1990.) The Book of Sydney Suburbs, Angus & Robertson Publishers, Sydney, pg. 130.
  2. „Australian Bureau of Statistics (27 June 2017).“ (retrieved 11 april 2018.). Qaraldi: 2018-yil 11-aprel.