Husayn Aminov (Husayn Jumayevich Aminov; 1946-yil 2-oktyabr, Qiziltepa tumani, Navoiy viloyati)[1] — pediatr, tibbiyot fanlari doktori (2006), professor (2012).

Husayn Aminov
Husayn Jumayevich Aminov
Tavalludi 1946-yil 2-oktyabr
Fuqaroligi Tojikiston
Taʼlimi Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot instituti
Kasbi Shifokor
Faoliyat yillari 1969-yildan hozirgacha
Unvoni Professor

Tarjimayi holi

tahrir

Husayn Aminov 1946-yilda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tugʻilgan. 1969-yilda Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot institutini tamomlagan[2]. 1969—1971-yillarda Qo‘rg‘ontepa (hozirgi Boxtar) viloyat kasalxonasida bolalar kasalliklari shifokori, 1971—1974-yillarda Kofirnihonning Vahdat shahridagi kasalxona pediatri va bosh shifokori, 1974—1976-yillarda Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston Davlat tibbiyot instituti pediatriya fakulteti klinik ordinatori. Oʻqishni bitirgandan soʻng 1976—1978-yillarda Dushanbe shoshilinch tibbiy yordam brigadasi bolalar reanimatsiyasida assistent sifatida faoliyat yuritgan. 1978—2003-yillarda Tojikiston davlat tibbiyot instituti qoshidagi 1-sonli bolalar kasalliklari muassasasi kafedrasi mudiri, katta oʻqituvchi. 2003—2006-yillarda Jumhurii Tojikiston Sogʻliqni saqlash Vazirligi qoshidagi ona va bola tibbiyoti tashkiloti ilmiy mudiri. 2007—2008-yillarda Abu Ali Ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti dotsenti. 2008-yildan buyon mazkur taʼlim dargohida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda[3].

Ilmiy faoliyati

tahrir

Noqulay ekologik sharoitlarda bolalar kasalliklari va o‘limida adaptiv immunitet muammosi, Tojikistondagi yosh bolalarda infeksiyani klinik va bakteriologik taqqoslash, nefropatiyali onalardan tug‘ilgan bolalarda moslashishning birinchi davri xususiyatlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. 40 dan ortiq ilmiy ishlar va maqolalar, tezislar, shifokorlar uchun 5 ta uslubiy tavsiyalar muallifi. „Abu Ali ibn Sinoning 1025 yilligi“ medali (2006) va turli mukofotlar bilan taqdirlangan.

Manbalar

tahrir