Husayn Natig o'g'li Rahimli ( ozarbayjoncha: Hüseyn Natiq oğlu Rəhimli, 1995-yil 10-iyulda tug‘ilgan ) — ozarbayjonlik dzyudochi, Tokioda bo‘lib o‘tgan 2020-yilgi yozgi Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi, 2018-yilda ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar o‘rtasidagi jahon chempionatining kumush medali sovrindori, 2015-yilgi yozgi Universiadaning bronza medali sovrindori, 20172019-yillarda ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar o‘rtasida Yevropa chempionatlari, ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar o‘rtasida Toshkent Gran-prisi (2019), Bokuda ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan “Katta dubulg‘a” turnirining kumush medali sovrindori (2019) hisoblanadi.

Husayn Natig o'g'li Rahimli
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Tavallud paytidagi ismi Hüseyn Natiq oğlu Rəhimli
Fuqaroligi Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Tavallud sanasi 10-iyul 1995-yil (1995-07-10) (28 yosh)
Sport
Qaysi sport dzyudo
Medallar
“Vatanga xizmatlari uchun” ordeni
Sport mukofotlari
Paralimpiya o‘yinlari
Oltin Tokio 2020 81kg gacha
Jahon chempionati
Kumush Odivelash 2018 81kg gacha
Bronza Odivelash 2018 jamoa
Yevropa chempionati
Bronza Uolsoll 2017 81kg gacha
Bronza Genuya 2019 81kg gacha
Oltin Genuya 2019 jamoa
Universiada
Bronza Kvandju 2015 81kg gacha

Tarjimai hol tahrir

Husayn Rahimli 1995-yil 10-iyulda tug‘ilgan. 2011-yili Trabzonda o‘tkazilgan Yevropa o‘smirlar yozgi Olimpiya festivalida kumush medalni qo‘lga kiritdi. O'sha yili Kiyevda 17 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qo'lga kiritdi.

2013-yilda Rahimli 73 kilogrammgacha bo‘lgan  vazn toifasida Tbilisidagi Jahon kubogi va Bokudagi "Katta dubulg‘a" turnirining bronza medali sovrindori bo‘ladi. Rahimli 2014-yilda Polshaning Vroslav shahrida o‘smirlar (23 yoshgacha) o‘rtasida o‘tkazilgan Yevropa chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

2015-yilda u Kvanjuda bo‘lib o‘tgan yozgi Universiadaning bronza medali sovrindoriga aylanadi.

2017-yilda Uolsollda o‘tkazilgan ojizlar va zaif ko‘ruvchilar o‘rtasidagi dzyudo bo‘yicha Yevropa chempionatida uchinchi o‘rinni olishga erishadi. 2018-yilda Odivelash shahrida (Lissabon) ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi[1]. Mazkur chempionatda Ozarbayjon erkaklar jamoasi tarkibida Abasli jamoaviy turnirning bronza medali sazovor bo‘ladi[2]. 2019-yilda Rahimli Toshkentdagi Gran-prining bronza, Bokudagi Gran-prining kumush medaliga ega bo‘lgach,  joriy yilda u ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida o‘z vazn toifasida (81 kg gacha) bronza medalini qo‘lga kiritadi[3], shuningdek, Ozarbayjon aralash jamoasi tarkibida Yevropa chempioni bo‘ladi[4].

2021-yilning may oyida Rahimli ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar o‘rtasidagi Boku Gran-prisining kumush medalini oladi va finalda o‘zbekistonlik Davurxon Karomatovga imkoniyatni boy berib qo‘yadi[5] .

2021-yili Tokiodagi Paralimpiya o‘yinlarida Husayn Rahimli chorak finalda britaniyalik Daniel Pauellni, yarim finalda janubiy koreyalik Jung-Min Lilar ustidan g‘alaba qozonadi. Finalda Rahimli o‘zbekistonlik Davurxon Karamatovni mag‘lub etib, debyut Paralimpiya o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ladi[6][7] .

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning 2021-yil 6-sentabrdagi farmoniga ko‘ra, Husayn Rahimli Tokio shahrida o‘tkazilgan XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarida erishgan yuksak yutuqlari va Ozarbayjon sportining rivojlanishiga qo‘shgan xizmatlari uchun “1-darajali Vatanga xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlanadi[8].

Manbalar tahrir

  1. „IBSA Judo World Championships full results“. 2022-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-mart.
  2. „Ильхам Закиев и Зульфия Гусейнова помогли сборной завоевать медали на ЧМ“. azerisport.com (18 ноября 2018). Qaraldi: 2022-yil 10-mart.
  3. „Genova (Italie) Championnats d'Europe IBSA Seniors 2019“. 2021-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
  4. „Паралимпийцы Азербайджана сильнейшие в Европе“. 2022-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-mart.
  5. „IBSA Judo Grand Prix Baku. Results“. 2021-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
  6. „Токио-2020. Азербайджанские паралимпийцы завоевали еще три золотые медали“. 2021-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
  7. „Azerbaijan win three golds on second day of judo at Tokyo 2020 Paralympics“. 2021-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
  8. „Распоряжение Президент Азербайджанской Республики o награждении членов Национальной паралимпийской команды Азербайджана“. president.az (6 сентября 2021). 2021-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-sentyabr.

Havolalar tahrir