Husiylar
Husiylar (arabcha: الحوثيون), boshqacha nomi „Ansorulloh“ (arabcha: أنصار الله) – Yamanda faoliyat yurituvchi shia Zaydiylari (jarudiylar) jamoasining harbiylashtirilgan guruhi[1][2][3]. 2004-yilda Yaman hukumatiga qarshi qurolli qoʻzgʻolon koʻtarib, mamlakat janubidagi ayrim hududlarni asta-sekin nazoratga oldi. Husiylar 2011-yilgi Yaman inqilobida ishtirok etgan, natijada prezident Ali Abdulloh Solih isteʼfoga chiqqan edi.
2015-yilda Yaman poytaxti Sano bosib olinib, Inqilobiy kengash tuzilgan edi. Kengash Yamanda amalda hukmron tashkilotga aylandi. Inqilobiy kengash raisi Muhammad Ali al-Husiy edi. Uning Yaman ustidan hokimiyatining qonuniyligi BMT, AQSh va Fors koʻrfazi davlatlari kengashi tomonidan tan olinmagan.
Husiylar harbiy va moliyaviy yordamni Eron va uning Hizbulloh partiyasidagi ittifoqchilaridan yashirgan deb taxmin qilinadi.
Guruh 2004-yil sentyabrida Yaman armiyasi tomonidan oʻldirilgan Husayn al-Husiy sharafiga nomlangan[4].
Manbalar
tahrir- ↑ Mohammed Almahfali, James Root „How Iran's Islamic Revolution Does, and Does Not, Influence Houthi Rule in Northern Yemen“ (en). Sana'a Center For Strategic Studies (2020-yil 13-fevral). Qaraldi: 2023-yil 4-aprel.
- ↑ The World Almanac of Islamism. Rowman & Littlefield Publishers, 27 October 2011. ISBN 9781442207158. Qaraldi: 2021-yil 6-noyabr.
- ↑ „The Islamist philosophy 'Qutbism' could be entering America's national security vernacular“. The Hill (2017-yil 19-dekabr). — „McMaster’s Qutbism comments are occurring simultaneously with U.S. ambassador to the United Nations Nikki Halley’s proof of Iranian support for Houthi missiles. The timing of the Trump administration’s push connects the dots between Iran, Houthis and Qutabists supported by Turkey and Qatar.“. 2021-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-dekabr.
- ↑ Gusterin P. V. Yemenskaya respublika i eyo goroda. M., 2006, s. 57.