Sano (arabcha: صنعاء‎) — Yaman davlati poytaxti. Mamlakatning gʻarbiy qismida, 2400 m balandlikdagi vodiyda joylashgan. Aholisi 450 ming kishi (1998). Iqlimi tropik iqlim, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 13,7°, iyulniki 21°. Yillik yogʻin 600 mm gacha. S. — mamlakatning savdotransport va sanoat markazi. Avtomobil yoʻli orqali Hoʻdayda porti (Qizil dengiz), Adan va Makka shaharlari bilan bogʻlangan. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Toʻqimachilik, qurolaslaha, mebel, tamaki, oziq-ovqat, sement, poyabzal korxonalari bor. S. — hunarmandchilikning yirik markazi: zargarlik va uyroʻzgʻor buyumlari, gazlama va boshqa ishlab chiqariladi. Shahar 1-asrdan maʼlum. 5—6 a.lardan Yamanning siyosiy markazi. Oʻrta asrlarda S. Orqali muhim savdo yoʻllari oʻtgan. 7-asr oʻrtalaridan 9-asr oʻrtalarigacha arab xalifaligi noiblarining qarorgohi, 9-asr oʻrtalaridan 11-asrgacha mustaqil davlat poytaxti. 1546— 1628 va 1871—1911-yillarda Turkiya qoʻl ostida boʻlgan. 1918—62 yillarda Yaman kirolligi, 1962—90 yillarda Yaman Arab Respublikasi, 1990-yildan boshlab Yaman Respublikasi poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklardan shahar koʻrgʻoni, Jome alKabir masjidi, karvonsaroylar saqlangan. 1982-yildagi zilzilada shahar kuchli zarar koʻrgan.[1]

Sano
arabcha: صنعاء‎
poytaxt
15°21′0″N 44°12′0″E / 15.35000°N 44.20000°E / 15.35000; 44.20000 G OKoordinatalari: 15°21′0″N 44°12′0″E / 15.35000°N 44.20000°E / 15.35000; 44.20000 G O
Mamlakat Yaman
Asos solingan I asr
Maydon 126 km2 (49 mi²)
Aholisi
 (2012)
2 575 347
Sano arabcha: صنعاء‎ xaritada
Sano arabcha: صنعاء‎
Sano
arabcha: صنعاء‎

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil