I'm Yours
„I’m Yours“ (tarjimasi „Men senikiman“) — amerikalik xonanda va qoʻshiqnavis Jason Mraz ijro etgan qoʻshiq. 2008-yil Mrazning „We Sing. We Dance. We Steal Things.“ nomli uchinchi studiyaviy albomining birinchi singli oʻlaroq chiqarilgan. Tarona dastlab 2005-yil xonandaning „Mr. A–Z“ studiyaviy albomini targʻib qilish uchun hozirlangan oz sonli „Extra Credit“ albomida chiqarilgan. Mraz „I’m Yours“ qoʻshigʻini undan ham oldin — 2004-yilda konsertlarda ijro eta boshlagan.
„I'm Yours“ | ||||
---|---|---|---|---|
Jason Mraz qoʻshigʻi | ||||
„We Sing. We Dance. We Steal Things.“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 12-fevral 2008-yil | |||
Yozib olingan | 2007 | |||
Janr | ||||
Davomiyligi |
| |||
Leybl | Atlantic | |||
Matn muallif(lar)i | Jason Mraz | |||
Prodyuser(lar) | Martin Terefe | |||
Jason Mraz singllari xronologiyasi | ||||
|
„I’m Yours“ Mrazga katta shuhrat olib kelgan. Qoʻshiq „Yil qoʻshigʻi“ (inglizcha: Song of the Year) hamda „Erkak ijrosidagi eng yaxshi pop vokal“ (inglizcha: Best Male Pop Vocal Performance) nominatsiyalarida „Grammy“ mukofotiga nomzod qilib koʻrsatilgan. Qoʻshiqning AQShda savdosi chaqqon boʻlgan. Qoʻshiq uchun olingan klip 2022-yilning sentyabriga qadar 685 million marta koʻrilgan. 2021-yilning iyuliga qadar tarona Spotify platformasida 1 milliard martadan oshiq eshitilgan[5].
Tarona „Billboard Hot 100“ xit-paradida oltinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Qoʻshiq mazkur xit-paradda 76 hafta davomida qolib, oʻsha paytda rekord oʻrnatgan. 2013-yil holatiga koʻra, AQShda 6 million, butun dunyo boʻylab 12 million martadan oshiq adadda sotilgan „I’m Yours“ AQShdagi oʻninchi eng bozori chaqqon elektron qoʻshiqdir[6].
Mraz „I’m Yours“ qoʻshigʻini konsertlarida muntazam ravishda ijro etib keladi. Xonanda turli shaharlarda qoʻshiqni jonli ijro etgani aks etgan videolar YouTubeda millionlab marta koʻrilgan. Xonanda 2013-yil Lil Wayne hamda Jah Cure bilan hamkorlikda qoʻshiq remiksini yozgan. Shuningdek, „Sesame Street“ teleseriali uchun qoʻshiqning „Outdoors“ nomi bilan qayta ishlagan.
Manbalar
tahrir- ↑ Mongredien, Phil. „Jason Mraz: Love Is a Four Letter Word – review“ (2012-yil 14-aprel). — „Given that his 2008 breakthrough was courtesy of the anaemic cod-reggae of "I'm Yours"...“. Qaraldi: 2019-yil 15-oktyabr.
- ↑ Rosen, Jody. „Love Is a Four Letter Word“ (2012-yil 17-aprel). 2015-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-aprel. „Inspired, perhaps, by the massive success of his lite-reggae anthem "I'm Yours," "...“.
- ↑ Nickoloff, Anne „Jason Mraz joins Contemporary Youth Orchestra for summer 2019 concert“. cleveland.com (2018-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 5-fevral.
- ↑ Caramanica, Jon. „CD reviews 4/24: Jason Mraz and Train“ (2012-yil 23-aprel). — „"Mraz, well, he would never hurt you. That's been clear for years, but never more so than on his 2008 hit "I'm Yours," one of the most indelible pop songs of the last decade. "I'm Yours" found an unlikely counterpart in "Hey, Soul Sister," released the following year by the band Train. Both were expressions of fealty, and both indicated the continuing vitality of maligned soft rock."“. Qaraldi: 2020-yil 8-yanvar.
- ↑ „Jason Mraz’s ‘I’m Yours’ reaches 1 billion streams on Spotify“ (en). InqPOP! (2021-yil 7-iyul). Qaraldi: 2022-yil 1-yanvar.
- ↑ „The Nielsen Company & Billboard's 2012 Music Industry Report“. The Nielsen Company. Business Wire. Qaraldi: 2013-yil 4-yanvar.