I’ve Got a Dream“ — bu bastakor Alan Menken va shoir Glenn Slater tomonidan Disneyning 2010-yilda keng ommaga havola etilgan „Rapunzel (tangled)“ animatsion badiiy filmi uchun yozilgan qoʻshiq. Qoʻshiq Bred Garrett, Jeffrey Tambor, Mandy Moore va Zachary Levi tomonidan ijro etilgan.

„I've Got a Dream“
Brad Garrett, Jeffrey Tambor, Mandy Moore va Zachary Levi qoʻshigʻi
„Tangled“ albomidan
Til ingliz
Nashr qilingan Wonderland / Walt Disney Musiqa Kompaniyasi
Chiqarilgan sanasi 16-noyabr, 2010-yil
Yozib olingan 2010-yil
Janr Ohangni ko'rsatish (show tune)
Davomiyligi 3:11
Leybl Walt Disney
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar)

Syujeti

tahrir

I’ve Got a Dream qoʻshigʻi „The Snuggly Duckling“ nomi bilan mashhur qovoqxonada bezori erkaklar tomonidan ijro etiladi, ular dastlab Rapunzel va Flynn Riderni qoʻrqitib, Flynni qidiruvda boʻlgan qochoq ekanligini bilishgach uni askarlarga topshirib katta pul mukofotini olishmoqchi boʻlishadi. Ammo oxir-oqibat Hook Hand boshchiligidagi bezorilar Rapunzelga oʻz orzulari va ehtiroslarini ochib berish orqali qiz bilan qadrdon boʻlib qolishadi. Rapunzel ham oʻz navbatida suzuvchi chiroqlarni shaxsan tomosha qilish orzusi haqida aytib beradi. Film davomida bezorilar Rapunzelni yoqtirib qolishadi va hatto unga aniqrogʻi Rapunzelni qutqarishi uchun Flynn Rider ga yordam berishadi.

Tanqidiy qabul

tahrir

ComingSoon studiyasi qoʻshiq „ahmoq vahshiylar tomonidan esda qolarli tarzda kuylangan“ ekanligini aytdi[1][2]. Erkaklar istaklari haqida BitchFlicks „Hatto qattiqqoʻl yigitlarda ham xissiyotlar va nozik did bor!“[3] deya fikr bildiradi. Mustaqil tanqidchilar esa buni „juda sehr-joduga boy“ deb baholashdi[4]. „Dive Review“ jurnalida aytilishicha, "Agar Rapunzelning kulgilsi biror nimaga qiyoslansa, bu Monti Pitonning „Uchib yuruvchi sirki“dagi absurd, syurreal komediyasidagi sahnalarga mos kelishi mumkin, ayniqsa „I’ve got a Dream“ kabi lahzalar ayni shu holatni ifoda etadi."[5] TheScoreCard qoʻshiq haqida shunday yozgan: "„I’ve got a Dream“ — bu men eslay oladigan yagona qoʻshiq. Grammatik jihatdan xatoliklari boʻlsa ham qoʻshiq yaxshi va muhimi qiziqarli chiqqan. Bu menga Sohibjamol va Maxluq filmidagi „Gaston“ obrazini eslatadi." Sayt muxbirlari shuningdek, bu eng yaxshi sahna koʻrinishga ega qoʻshiq ekanligini aytib oʻtdilar[6]. WeAreMovieGeeks blogi shunday deb yozgan edi: "Yaxshiyamki, „I’ve got a Dream“ o‘rmon bezorilarining ajoyib animatsiyasi bilan jonlandi. Men bu oʻrta asr odamlari zamonaviy iboralarni ishlatayotganini chalgʻituvchi uslub deb hisoblayman. Balki, men bu noodatiy holatni notoʻgʻri talqin etayotgandurman"[7]. FilmTracks qoʻshiq haqida quyidagicha fikrlar bildiradi: "Animatsiyadagi „I’ve got a Dream“ qoʻshigʻi ikkinchi darajali qoʻshiq kuylovchilari bilan yanada ajoyib chiqqan"[8].

Sertifikatlar

tahrir
 
Rapunzel (tangled) franshizasining logotipi
Mintaqa Sertifikat Miqdoriy qiymat
Birlashgan Qirollik (BPI)[9] kumush 200,000 ‡
Qoʻshma Shtatlar (RIAA) platina 1,000,000 ‡

‡ — faqat sertifikatlashtirish asosida sotish + foyda koʻrsatkichlari.

Manbalar

tahrir
  1. „Tangled Movie Review | ComingSoon.net“. comingsoon.net. 2014-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.
  2. „Movie Review: Tangled is No Big Deal, But Still a Goofy Good Time -- Vulture“. vulture.com. Qaraldi: 2014-yil 19-iyun.
  3. „Tangled: A Feminist Film Review | Bitch Flicks“. btchflcks.com. 2022-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.
  4. „The Independent Critic - "Tangled" Review“. theindependentcritic.com. Qaraldi: 2014-yil 19-iyun.
  5. „Tangled Movie Review“. thedivareview.com. Qaraldi: 2014-yil 19-iyun.
  6. „Tangled — The Scorecard Review“. thescorecardreview.com. Qaraldi: 2014-yil 19-iyun.
  7. „Review: TANGLED - We Are Movie Geeks“. wearemoviegeeks.com. Qaraldi: 2014-yil 19-iyun.
  8. „Filmtracks: Tangled (Alan Menken)“. filmtracks.com. Qaraldi: 2014-yil 19-iyun.
  9. „BPI awards“. Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.

Havolalar

tahrir