Olatogʻ xalqaro universiteti

(IAAUdan yoʻnaltirildi)

„Olatogʻ“ xalqaro universiteti (qirgʻizcha: Ала-Тоо Эл аралык Университети; inglizcha: Ala-Too International University, ruscha: Международный университет «Ала-Тоо», turkcha: Uluslararası Ala-Too Üniversitesi), eski nomi Otaturk-Olatogʻ“ xalqaro universitetiQirgʻizistonning Bishkek shahrida joylashgan xususiy universitet. 1996-yil ochilgan. Universitetda bakalavr, magistr, doktor darajalarini olish mumkin. „Olatogʻ“ xalqaro universiteti Qirgʻizistondagi eng nufuzli universitetlari qatoriga kiradi.[1]

„Olatogʻ“ xalqaro universiteti
qirgʻizcha: Ала-Тоо Эл аралык Университети
Xalqaro nomi
Ala-Too International University
Asos solingan sanasi 1996-yil
Joylashuvi
Anaqara joʻchsi 1/8, Bishkek, Qirgʻiziston
Veb-sayti iaau.edu.kg

Universitetda darslarning aksari ingliz tilida oʻtiladi. Baʼzi darslar rus va turk tillarida oʻqitiladi.

„Olatogʻ“ xalqaro universitetini Fethullah Gülenning global taʼlim tarmogʻi moliyalashtiradi va boshqaradi.[2] Turkiya hukumati Gülenni ayblab kelayotgan 2016-yilgi davlat toʻntarishi urinishi ortidan universitet nomini „Otaturk-Olatogʻ“ xalqaro universitetidan „Olatogʻ“ xalqaro universitetiga oʻzgartirdi, qirgʻiz rektor tayinladi va oʻzini mahalliy institut oʻlaroq koʻrsata boshladi.

Tarixi

tahrir
 
„Olatogʻ“ xalqaro universiteti 2016-yilgacha „Otaturk-Olatogʻ“ xalqaro universiteti deb nomalanar edi

„Olatogʻ“ xalqaro universitetiga 1996-yil Fethullah Gülenning islomiy qarashlariga amal qiluvchi va ularni targʻib qiluvchi „Sebat“ taʼlim tashkiloti „Otaturk-Olatogʻ“ xalqaro universiteti nomi bilan asos solgan.[3]

2016-yilgi davlat toʻntarishi urinishida Turkiya hukumati Gülenni aybladi va mamlakat prezidenti Recep Tayyip Erdoğan maʼmuriyati Qirgʻizsitonni Gülen harakatiga aloqador tashkilotlarni yopishga chaqirdi.[4] Ammo Qirgʻiziston hukumati Anqara talablarini bajarishdan bosh tortdi.[5] 2017-yilning fevralida Turkiya hukumati „Olatogʻ“ xalqaro universiteti diplomlari mamlakatda boshqa qabul olinmasligini eʼlon qildi.[6]

Buning ortidan universitet nomini „Otaturk-Olatogʻ“ xalqaro universitetidan „Olatogʻ“ xalqaro universitetiga oʻzgartirdi. „Olatogʻ“ xalqaro universiteti va yana 35 maktab va kollejni boshqaruvchi tashkilot nomi ham „Sebat“ taʼlim jamgʻarmasidan „Sapat“ taʼlim jamgʻarmasiga oʻzgartirildi. (Qirgʻiz tilida „sapat“ soʻzi „sifat“ maʼnosini bildiradi.)

Taʼlim

tahrir

„Olatogʻ“ xalqaro universitetida quyidagi boʻlim va dasturlar mavjud:

Yangi texnologiyalar fakulteti

tahrir
  • Komputer fani
  • Elektronika va nanoelektronika muhandisligi
  • Amaliy matematika va maʼlumot texnologiyalari

Ijtimoiy fanlar fakulteti

tahrir
 
„Olatogʻ“ xalqaro universiteti asosiy kampusi
  • Turkologiya
  • Xitoy tili va tarjima
  • Sinxron tarjima
  • Ingliz tili va adabiyoti
  • Pedagogika
  • Psixologiya
  • Jurnalistika

Iqtisod va maʼmuriy fanlar fakulteti

tahrir
  • Jahon iqtisodi va xalqaro biznes
  • Xalqaro aloqalar
  • Boshqaruv
  • Moliya va banking
  • Huquqshunoslik
  • Buxgalterlik hisobi va audit
  • Industrial muhandislik

Tibbiyot fakulteti

tahrir
 
„Olatogʻ“ xalqaro universiteti bitiruv marosimi (2011-yil)
  • Umumiy tibbiyot
  • Pediatriya

Hunarlar

tahrir
  • Iqtisod va buxgalterlik hisobi
  • Banking
  • Marketing
  • Komputer tizimlari va komplekslari
  • Dastur muhandisligi
  • Dizayn
  • Yurisprudensiya

Manbalar

tahrir
  1. Putz, Catherine „Turkish targeting of Gülen movement reaches into Central Asia“ [Turkiyaning Gulan oqimiga qarshi kurashi Markaziy Osiyoga yetib bordi]. The Diplomat (2016-yil 25-iyul). Qaraldi: 2017-yil 14-noyabr.
  2. Recknagel, Charles „In wake of blown coup, Turkey takes global aim at Gulen Movement“ [Muvaffaqiyatsiz toʻntarish urinishi ortidan Turkiya global miqyosda Gülen harakatiga qarshi kurash boshladi]. Ozodlik radiosi (2016-yil 21-iyul). Qaraldi: 2017-yil 14-noyabr.
  3. Starr, Stephen „Erdogan seeks to close Kyrgyz schools and colleges linked to exiled cleric“ [Erdoğan surgun qilingan ulamoga aloqador qirgʻiz maktab va kollejlarni yopish niyatida]. The Irish Times (05.082016). Qaraldi: 2017-yil 14-noyabr.
  4. Bengard, Anastasiya „Более 11 тысяч кыргызских учащихся не пустят в Турцию“ [11 mingdan oshiq qirgʻiz talaba TUrkiyaga kiritilmmaydi] (ru). 24 (2017-yil 14-avgust). Qaraldi: 2017-yil 14-noyabr.
  5. „Какой привет... Чиновники отреагировали на заявление турецких коллег о «Себате»“ [Qanday salom bersang... Rasmiylar turk hamkasblarining „Sebat“ haqidagi bildiruviga munosabat bildirdi] (ru). 24 (2017-yil 15-avgust). Qaraldi: 2017-yil 15-noyabr.
  6. Ilyasov, Rustem. „Дипломы университета «Ататюрк-Алатоо» больше не принимаются в Турции“ (ruscha). Kloop (2017-yil 4-fevral). Qaraldi: 2018-yil 1-fevral.

Havolalar

tahrir