IRIS-T
IRIS-T (inglizcha: Infra Red Imaging System Tail / Thrust Vector-Controlled) sovutiluvchi infraqizil oʻzi yoʻnaltiruvchi kallak bilan jihozlangan qisqa masofali «havo-havo» sinfiga kiruvchi raketa. Raketani loyihalash Germaniya boshchiligidagi 6 ishtirokchi davlat hamkorligida amalga oshirilgan. Ushbu raketa «AIM-9 Sidewinder» oʻrniga ishlab chiqilgan. IRIS-T ning konstruktsiyasi va kompanovkasi Yaponiyaning «04 AAM-5» raketasiga juda yaqindir.
IRIS-T | |
---|---|
Infra Red Imaging System Tail/Thrust Vector-Controlled | |
Asosiy maʼlumotlar | |
Turi | HHBR |
Maqomi | ishlatilmoqda |
Loyihachi | Olmoniya Diehl BGT Defence |
Loyihalangan yili | 1995—2005 |
Sinalgan yili | 2000 |
QKga qabul qilingan | 2005-yil dekabr |
Narxi | 400 000 € |
Foydalanish | |
Asosiy foydalanuvchilar |
Olmoniya Luftwaffe Italiya HHK Shvetsiya HHK |
Boshqa foydalanuvchilar | |
Asosiy texnik xususiyatlari | |
Pastka yoʻnaltiradi | |
↓Barcha texnik koʻrsatkichlar | |
IRIS-T Vikiomborda |
Tarixi
tahrir1980-yillarda NATO davlatlari Qoʻshma Shtatlar AIM-7 Sparrow raketasi oʻrniga oʻrta masofaga moʻljallangan havo-havo sinfiga mansub raketani ishlab chiqishi toʻgʻrisida shartnoma imzoladilar. Amerikaliklar ishlab chiqqan konstruksiya AIM-120 AMRAAM, Britaniya-Germaniya birgalikda ishlab chiqqan konstruksiya esa AIM-132 ASRAAM deb nomlandi.
1980-yillarning oxirida Germaniya Mudofaa vazirligi IABG[en]ga havo boʻshligʻini yaqindan kuzatish va kuchli radar tizimlari bilan koʻrish chizigʻi masofasida ikkita samolyotning yaqinlashish xavfi qanchalik kattaligini oʻrganish vazifasini qoʻydi. Tadqiqotlar natijasiga koʻra, turli mamlakatlarda yashirinish texnologiyalarning takomillashuvi, koʻplab samolyot modifikatsiyalari va samolyotlarning turining koʻpligi tufayli identifikatsiya qilish imkoniyatlari ishonchli natijalarni bermasligi maʼlum boʻldi. Shu sababli, uchuvchilar koʻpincha koʻrish chizigʻiga qadar uchib borib, samolyot turini oʻzlari aniqlashdan boshqa iloji yoʻq edi.
Tadqiqotga asoslanib, Germaniya AIM-132 ASRAAM kontseptsiyasi eskirgan deb qaror qilindi va Germaniya 1989-yil iyul oyida ushbu loyihadan chiqdi. Buyuk Britaniya esa ASRAAM loyihasini asl talablarga muvofiq ishlab chiqishga qaror qildi.
1990-yilda Germaniya qayta birlashgandan soʻng, GFR Sovetlarning R-73 raketalarining katta zaxiralariga ega boʻldi (NATO nomi: AA-11 "Archer"). R-73 raketasini oʻrganib chiqqan Germaniyalik mutaxassislar ushbu raketa AIM-9 Sidewinder raketasining soʻnggi modifikatsiyalaridan ustunroq degan xulosaga keldi. P-73 raketalalari koʻproq manevrli, uzoqroq parvoz masofasi, samarali tutib olish tizimiga ega edi va parvoz oʻqidan 45 ° gacha boʻlgan burchaklardagi nishonlarga yetib borishi mumkin edi.
1990-yil oxirida Amerikaliklar ham shunga oʻxshash xavotirlarni bildirdi va IRCCM (infrared counter counter measures), yaʼni infraqizil qarshi choralar (IRCM) ning yuqori manyovrligi va samaradorligini taʼminlash uchun Sidewinder raketa konstruksiyasini yangilashni boshladi. Ushbu dastur AIM-9X deb nomlandi.
Raketaning loyihalanishi
tahrir1996-yil aprel oyida «Bodenseewerk Device Technology» (BGT). Italiya, Shvetsiya, Gretsiya, Kanada va Norvegiya bilan muzokaralar yakunlanganidan so‘ng hamkor davlatlar bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Ushbu kompaniya 2004-yilda «Diehl Munitionssysteme GmbH & Co» «KG» bilan birlashib, «Diehl BGT Defense GmbH and Co KG» kompaniyasiga aylantirilgan. Eurofighter va Tornado qiruvchi samolyotlari uchun moʻljallangan yangi raketa AIM-9 Sidewinder oʻrnini bosishi kerak edi.
1996-yilning ikkinchi yarmida imzolangan shartnomaga koʻra, Germaniya ushbu loyihani ishlab chiqish xarajatlarining taxminan 50 foizini (26,5 million nemis markasi) oʻz zimmasiga oldi. Loyihalash 1997-yilda, ommaviy ishlab chiqarish esa 2002-yilda boshlandi. Bu vaqtga kelib, Diehl ushbu raketa maketini shamol tunnelida sinovdan oʻtkazgan edi. Oʻlchamlari Sidewinder raketasi bilan bir xil edi, qanotlari va dum qismi eski versiyasiga mos edi.
1996-yil avgust oyida loyihani aniqlash bosqichi boshlandi. Oktyabr oyida AIM-9 Sidewinder va F-4 raketalarida foydalanilgan yangi videoqidiruv va navigatsiya tizimi bilan jihozlangan ikkita prototip yigʻildi. Sinov doirasida Dornier SK6 nishonlari 5 km masofadan 50° gacha burchak bilan (raketa uchirish vaqtida) oʻqqa tutildi. Test bosqichi 1997-yil aprel oyida yakunlandi. AlliedSignal Canada boshqariladigan qurolning orqa qismini oʻrta diametrga qisqartirishga muvaffaq boʻldi.
1997-yil avgust oyida loyiha ishtirokchilari oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladilar. 1997-yil oktyabr oyida Gollandiya harbiy-havo kuchlari IRIS-T bilan sinov parvozlarini boshladi, buning uchun Lockheed Martin kompaniyasi F-16 qiruvchi samolyoti uchun dasturiy taʼminotini qisman qayta yozdi. 1997-yil dekabr oyi boshida Bundestag AIM-9L oʻrniga IRIS-T raketasidan foydalanishga ruxsat berdi. Germaniya endikda 500 mln. nemis markasi miqdorida hissa qoʻshib, loyihaning 46 foiziga ega boʻldi. Italiya (20 %), Shvetsiya (18 %), Gretsiya (8 %), Kanada (4 %) va Norvegiya (3 %) ham ishtirok etdi. Ishlab chiqarishning boshlanishi 1998-yilda, yetkazib berish esa 2003-yildan boshlandi. Raketa Sidewinder raketasi bilan mos, bir xil oʻlchamlarga va uchirish relslariga ega boʻlishi va raqamli interfesydan tashqari analog interfeys bilan jihozlangan boʻlishi kerak edi.
Mamlakat | Hissasi | Pudratchi | Qaydlar |
---|---|---|---|
Germaniya | 46% | Diehl BGT | Bosh pudratchi. Infraqizil yoʻnaltiruvchi uchun javobgar. |
Italiya | 19% | FiatAvio | Dvigateldagi ishlarning bir qismini amalga oshiradi. |
Shvetsiya | 18z% | Saab | Maʼlumotlarni qayta ishlash boʻlimi (BTsVM) uchun javobgar. |
Gretsiya | 13% | Pirkal | Jangovar boʻlinma uchun javobgar. |
Norvegiya | 4% | Nammo | Keyinchalik loyihaga qoʻshildi. Dvigateldagi ishlarning bir qismini amalga oshirdi. |
Kanada | AlliedSignal | Keyinchalik loyihaga qoʻshildi, tugash bosqichida loyihani tark etdi. Raketa tumshuq qismi va rullar uchun javobgar. |
2000-yil oʻrtalarida BGT kompaniyasi IRIS-T asosidagi yerda joylashtiriluvchi zenit-raketasi ustida ish boshladi. LFK-NG Federal mudofaa texnologiyalari va sotib olish boshqarmasi tomonidan moliyalashtirildi. Raketa Wiesel 2 Ozelot uchun ham ishlab chiqilgan va UHT Tiger kabi boshqa tizimlarda ham qoʻllanishi va CrewPADS sifatida ham ishlatilishi mumkin. IRIS-T yer usti sinovlari 2000- va 2002-yillarda Sardiniyadagi Salto di Quirra poligonida amalga oshirilgan.
2000-yil 17-oktyabrdan 23-oktyabrgacha birinchi IRIS-T raketalari yunonlarning F-16 qiruvchi samolyotidan uchirildi. 2000-yil noyabr oyida, bir qator oʻzgarishlardan soʻng, sinovlar Shvetsiya harbiy-havo kuchlari tomonidan Vidsel poligonida davom ettirildi. 2001-yil boshida IRIS-T ni Eurofighter va F-16 samolyotlariga integratsiya qilish buyurtma olindi. Germaniya nemis va italiyaning Eurofighter samolyotlariga integratsiyalashuvi uchun 61,4 million yevro to‘lagan, Gretsiya esa F-16 samolyotlari uchun „bir necha million yevro“ to‘lagan. 2001-yil iyul oyida takomillashtirilgan avtopilotni sinab koʻrish uchun IRIS-T ning sinov tariqasidagi oʻq uzish jarayonlari yakunlandi.
2002-yil boshida «Salto di Quirra» poligonida Mirach 100/5 dronlariga sinovdan oʻq otish amalga oshirildi. 2001—2002-yillar oxirida aktsiyalarni qayta taqsimlash natijasida Kanada Eurofighterni ishlab chiqaruvchi mamlakati boʻlgan Ispaniyaga oʻz oʻrnini boʻshatib, loyihadan chiqdi. Endi loyiha ulushlari Germaniya uchun 46%, Italiya uchun 19%, Shvetsiya uchun 18%, Gretsiya uchun 13% va Ispaniya va Norvegiya uchun 4% edi. 2003-yil fevral oyida Germaniya sotib olish toʻgʻrisida qaror qabul qildi, boshqa hamkor davlatlar aprel oyida shartnoma imzoladilar. Shartnomaning umumiy summasi 1 milliard yevroga baholangan. Ispaniya keyinchalik IRIS-T ni F/A-18C samolyotiga integratsiya qilishga qaror qildi.
2003-yil oktyabr oyida jangovar kallaksiz boʻlgan Meteor Mirach-100/5 dronlari ettita toʻgʻridan-toʻgʻri zarba bilan yoʻq qilindi. 2005-yil boshida hamkor davlatlar bilan 4000 ta raketa yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolandi. Germaniya 1250 ta, Ispaniya 700 ta raketaga buyurtma berdi.
2005-yil 5-dekabrda Luftwaffe raketalarning birinchi partiyasini oldi.
Konstruktsiyasi
tahrirRaketa beshta modulni oʻz ichiga oladi:
- elektron uskunalar va sovutish;
- yoʻnaltiruv tizimlari;
- jangovar kallak;
- boshqaruv elementlari bilan jihoslangan dvigatel;
- portlatgich.
IRIS-T raketasida TELL oʻziyoʻnaltiruvchi infraqizil kallagi oʻrnatilgan. Sovutgichlar tashuvchini ishga tushirish moslamasida joylashgan. IRIS-T oʻrnatilgan destabilizatorlar, toʻrtta qanot va balandlik rullariga ega. Har bir rul oʻzining elektro mexanik tizimi bilan jihozlangan.
Taktik va texnik xususiyatlar
tahrir- Uzunligi: 2.936 m
- Diametri: 0,127 m
- Qanotlari kengligi: 0,350 m
- Boshlangʻich vazni: 87,4 kg
- Uchish masofasi: ~25 km
- old yarim sharda
- orqa yarim sharda
- Uchish balandligi: 20 km gacha
- Parvoz tezligi: 3 M gacha (1020 m/s yoki 3672 km/soat)
- Kallagii: parchalanuvchi-fugasli
- Jangovar kallagining ogʻirligi: 11,4 kg
- Portlatgich: faol radiolokatsion
- Dvigateli: RDTT
- Tashuvchi samolyotlar: Tornado, F/A-18 Hornet, Eurofighter Typhoon, F-16 Fighting Falcon, Saab JAS 39 Gripen
Modifikatsiyalari
tahrirIDAS
tahrirIDAS (inglizcha: Interactive Defence and Attack System for Submarines) nemis dengiz floti suv osti kemalarining 212A loyihasi doirasida qurollantirish uchun moʻljallangan raketaning dengiz versiyasidir. IDAS havo hujumi qurollarini, kichik va oʻrta suv usti kemalarini yoki qirgʻoq chizigʻidagi nishonlarni oʻqqa tutish uchun moʻljallangan. Uchish masofasi taxminan 20 km Raketa suv osti kemalarining tumshuq qismidan uchiriladi. Suv ostida bir muddat harakatlanadi va suv sirtiga chiqqach havo orqali uchadi. Raketa infraqizil oʻzi yoʻnaltiruvchi kallak bilan jihozlangan.
Raketaning uzunligi — 2,5 m, kalibri — 240 mm, diametri — 180 mm, boshlangʻich uchish ogʻirligi — 120 kg.
IRIS-T SL
tahrirIRIS-T SL (inglizcha: IRIS-T Surface Launch) — IRIS-T varianti yerdan turib uchirish sharoitlariga moslashtirilgan boʻlib, u amerikaning MEADS raketaga qarshi mudofaa tizimining PAC-3 raketalariga qoʻshimcha sifatida ishlatilishi kerak. Ilk sinovlar 2009-yil oxirida Janubiy Afrikadagi Overberg poligonida oʻtkazildi.
IRIS-T SL vertolyotlar, samolyotlar, shuningdek, kemaga qarshi, radarga qarshi va boshqa turdagi raketalarni urishga qodir [1][2]
-
Raketa turi IRIS-T SL .
-
IRIS-T SL uchun UM fragmenti.
Operatorlar
tahrir- Avstriya — 2022-yil holatiga ko'ra qurolli kuchlarda foydalaniladi;
- Germaniya — 2022-yil holatiga ko'ra qurolli kuchlarda foydalaniladi;
- Gretsiya — 2022-yil holatiga ko'ra qurolli kuchlarda foydalaniladi;
- Ispaniya — 2022-yil holatiga ko'ra qurolli kuchlarda foydalaniladi;
- Italiya — 2022-yil holatiga ko'ra qurolli kuchlarda foydalaniladi;
- Norvegiya — 2022-yil holatiga ko'ra qurolli kuchlarda foydalaniladi;
- Saudiya Arabistoni — 2022-yil holatiga ko'ra qurolli kuchlarda foydalaniladi;
- Tailand — 2022-yil holatiga ko'ra qurolli kuchlarda foydalaniladi;
- Ukraina — IRIS-T SLM yetkazib berilishi kutilmoqda[2][3];
- Shvetsiya — 2022-yil holatiga ko'ra qurolli kuchlarda IRIS-T i 8 ta, IRIS-T SLS mavjud;
- Janubiy Afrika Respublikasi — 2022-yil holatiga ko'ra qurolli kuchlarda foydalaniladi.
Manbalar
tahrir- ↑ „IRIS-T SL Surface-to-Air Guided Missile“ (en-US). Airforce Technology. 2022-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 Wesley Culp. „A Game Changer? Germany to Send IRIS-T SL Air Defense System to Ukraine“ (en-US). 19FortyFive (2022-yil 3-iyun). 2022-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-iyun.
- ↑ „Diese Waffen liefert Deutschland an die Ukraine“ (de). www.zdf.de. Qaraldi: 2022-yil 22-iyun.
Havolalar
tahrir- Aviatsiya entsiklopediyasi
- (olm.) Lenkflugkörper Luft-Luft Of. Diehl BGT Defence veb-sayti