Ibage — Kolumbiyaning markaziy qismidagi shahar. Markaziy Kordilyera togʻlarining sharqiy yon bagʻrida. Tolima departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 347 ming kishidan ziyod (1990-yillar oxirlari). Temir yoʻl va avtomobil yoʻli orqali Xirardotdagi aeroport va Bogota sh. bilan bogʻlangan. Kofe, sholi, tamaki, chorvachilik mahsulotlari yetishtiriladigan rayonning savdo markazi. Oziqovqat sanoati korxonalari, universitet bor. Hunarmandchilikda teridan turli buyumlar ishlab chikariladi. Shaharga 1550-yil da asos solingan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil