Ibn Abd Rabbihi
Ibn Abd Rabbihi, Abu Umar Ahmad ibn Muhammad (860.28.11 — Qurtuba — 940.1.3) — arab shoiri, tarixchisi. Arab mumtoz sheʼriyatining barcha janrlarida ijod etgan. U haqidagi maʼlumot Saolibiyning tazkirasida keltiriladi. I. A. R. ning "Al-Mumahhisot" ("Tozalovchilar") asarida koʻpgina sheʼr va qasidalar jamlangan. U 7—8-asr arab adabiyoti tarixiga oid 25 bobdan iborat "al-Iqd alfarid" ("Nodir marjon") nomli tazkira tuzgan. Undan joy olgan arablarning qad. urf-odatlari va tarixiga oid ayrim maʼlumotlar "Islomgacha boʻlgan arab tarixi haqida xabarlar" nomi bilan Parijda 3 marta nashr etilgan (1836, 1837, 1838).[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |