Ibn Abu al-Avja al-Sulamiy yurishi

Ibn Abu al-Avja al-Sulamiyning Banu Sulaymga yurishi[4] milodiy 629-yil aprel oyida (hijriy 8-yil 12 va 9-yilning 1-oyida boʻlib oʻtgan[5][6].

Ibn Abu al-Avja al-Sulamiy yurishi
Sanalar Milodiy 628-yil fevral (hijriy 7-yilning 10-oyi)
Urush yeri Najran va Turbah
Natija Yurish muvaffaqiyatsiz yakunlangan, koʻplab musulmonlar oʻldirilgan[1][2][3]
Qoʻmondonlar
Ibn Abu al-Avja al-Sulamiy Nomaʼlum
Kuchlar
50 Butun qabila (aniq soni maʼlum emas)

Yurish

tahrir

Yoz oylarida koʻplab yurishlar amalga oshirilib, ularning baʼzilari halokatli yakunlangan. Islom paygʻambari Muhammad hajdan qaytganidan bir oy oʻtgach, Ibn Abu al-Avja as-Sulamiy boshchiligidagi 50 nafar musulmon jangchilari guruhini Banu Sulaymga yuborib, ularni Islomni qabul qilishga undaydi. Banu Sulaymlar Banu Havozin qabilasiga qardosh boʻlib, Najron va Turbahda istiqomat qilishgan.

Ibn Abu al-Avja Banu Sulaym ahlini Islomni qabul qilib, musulmon boʻlishga chaqiradi. Qabila vakillari esa ushbu taklifga rozi boʻlmaydi va oʻrtada urush boshlanadi. Banu Sulaym musulmonlarga qarshi jang qilib, ularning ustiga oʻq yogʻdirishadi va natijada koʻplab musulmon askarlari halok boʻladi. Ibn Abu al-Avja ham ushbu urushda yarador boʻlib, qiyinchilik bilan Madinaga qaytishga erishadi. Biroq oradan 1 yil oʻtib, Banu Sulaym Islomni qabul qiladi[7][8][9].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir