Ibn Bobuya
IBN BOBUYA ash-Shayx as-Soduq Muhammad ibn Ali Abu Jaʼfar al-Qummiy (? — 991) - shialarning mashhur ilohiyotchi olimi, faqih; shia rivoyatlari bilimdoni, imomiylar (jaʼfariylar) huquqini ilk bor ishlab chiqqanlardan. Yoshlik chog‘idayoq Xurosonda shia rivoyatlarini bilishda unga teng keladigan kishi bo‘lmagan. 965-yilda u Bag‘dodga kelib, Buvayhiylar bilan yaqinlashgan va faol tashviqot ishlarini boshlagan. IBN BOBYA Ray shahrida vafot etgan. IBN Bobuya 200 ga yaqin asar yozgan, shundan 20 tasi saqlanib qolgan. Asosiy asarlari - „Man la yahduruhu al-faqih“ — 4 rivoyatlar to‘plami (al-usul ar-arbaʼ)dan biri shialikdagi imomiylar fiqhi bo‘yicha eng eʼtiborli asar hisoblanadi
Adabiyotlar
tahrirISLOM ENSIKLOPEDIYASI „Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2004
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |