Ibn Manjuvayh
muhaddis
Ahmad ibn Ali ibn Muhammad ibn Ibrohim ibn Manjuvayh al-Yazdiy al-Isbahoniy (Abu Bakr) — muhaddis. U 347/958 yil Isbahonda tug‘ilgan. Naysoburda istiqomat qilgan. Ilm talabi bilan Buxoro, Samarqand, Hirot va Jurjonga safar qilgan. U ikki sahih to‘plamga, yaʼni Abu Iso Termiziyning „Jomeʼ“ va Abu Dovudning „Sunan“lariga ko‘chirma yozgan. Ibn Manjuvayh milodiy 1037-yil (hijriy 428-yil) muharram oyining 5-sanasi, payshanba kuni 81 yoshda olamdan o‘tgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar[1].
Ibn Manjuvayh | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 958-yil (hijriy 347-yil) |
Vafoti | milodiy 1037-yil (hijriy 428-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis |
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 81-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |