Ibn Miskavayh (arabcha: ابن مسكوويه‎; toʻliq ismi Abu Ali Ibn Muhammad ibn Yaqub ibn Miskovayh ar-Roziy; 932-yil – 1030-yil) – arabnavis tarixchi, faylasuf, adib va tabib.

Ibn Miskavayh
Tavalludi 932
Parandak
Vafoti 1030
Ray, Eron
Fuqaroligi Buvayhiylar
Kasbi Tarixchi, faylasuf, adib, tabib

Umumjahon tarixiga oid „Kitob tajorib al-umam“ („Xalqlar tajribalari kitobi“) nomli asar yozgan. Ilmi axloq va hikmatga doir „Kitob at-tahora“ („Tahorat kitobi“), „Tahziyb al-axloq“ („Axloqni tuzatish“) nomli asarlar ham Ibn Miskavayh qalamiga mansub. U arab, fors, hind va yunon donishmandlari aytgan hikmatlar toʻplamini ham tuzgan. Ibn Miskavayh asarlari taʼsirida islom dunyosida oʻnlab axloqiy-didaktik asarlar (jumladan, Nasriddin Tusiyning „Axloqi Nasriy“) yozilgan[1].

Asarlari

tahrir
  • „Kitob at-tahora“ (Tahorat kitobi);
  • „Kitob tajorib al-umam“ („Xalqlar tajribalari kitobi“ – arabcha: كتاب تجارب الأمم) — jahon xalqlari, jumladan arablarning X asrning 80-yillariga qadar tarixi bayon qilingan boʻlib, asarning soʻnggi qismida Arab xalifaligining X asrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida qimmatli maʼlumotlar bor;
  • „Jovidoni xirad“ (forscha: جاویدان خرد – „Boqiy aql idrok“ kitobi) — olimlarning axloq haqidagi fikrlarini jamlangan boʻlib, uning qoʻlyozma nusxalari sharqda keng tarqalgan[2];
  • „Tahziyb al-axloq“ (arabcha: تهذيب الأخلاق و تطهير الأعراق – „Axloqni tuzatish“).

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 

Havolalar

tahrir