Ibn Sino memorial muzeyi
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Bu maqola oʻzbek tilining imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan. Qarang: VP:ORFO. |
Ibn Sino (Avitsenna) memorial muzeyi Buxorodan 40 km uzoqlikda Afshona qishlogʻida makon topgan. Muzey ekspozitsiyasi jahon tibbiyot fanlari asoschisi, Yevropada Avitsenna nomi bilan tanilgan atoqli sharq olimi Abu Ali ibn Sino (980-1037) hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan.
Ushbu muzey yodgorlik majmuasida sharq tibbiyot olimi haykali boʻlib, uning mualliflari haykaltarosh X.Xusnitdinxoʻjayev va meʼmor R.Toʻxtaganovlar sanaladi. Aynan bu muzey 1980-yil atoqli tibbiyot olimi 1000 yillik tavalludi munosabati bilan barpo etilgan
Muzeyga tashrif buyuruvchilar „Tib qonunlari“, „Kitob ul-Shifo“, „Bilimlar kitobi“ nodir qoʻlyozmalari, shuningdek, Abu Ali ibn Sino davriga xos tibbiyot anjomlari nusxalari, XX asrga tegishli kulolchilik buyumlari bilan yaqindan tanishishlari mumkin.
Muzeyning yangilangan ekspozitsiyasida X-XI asrlarda Somoniylar va Qoraxoniylar hukmronligi davri tangalari, Arab (Kufiy) yozuvi bilan keramika idish, „Saxiylik-solihlarning mulki“ (X-XI asrlar) qoʻlyozma nusxasi, X-XI asrlarda kimyoviy moddalar saqlash uchun loy idishlar kabi ajoyib eksponatlar bilan boyitilgan. Ibn Sino memorial muzeyi Fransiyaning „Avitsenna-Fransiya“ uyushmasi bilan doʻstona aloqalar oʻrnatgan.
Ushbu uyushma muzey ekspozitsiyasi uchun Gerard Sremonning lotin tilidagi „Tibbiy fan Sanon“ tarjimasining bir nechta nusxasini, shuningdek, tibbiyot asoschisini 1447-1448 qoʻlyozmalari nusxalarini taqdim etgan. Bu hujjat esa Buxoro viloyati Peshkoʻ tuman davlat arxivida munosib oʻrnini topgan.[1]