Ibn Xazm (994-1063) Kordova xalifaligining so'nggi yilaridagi yozuvchilar qatoriga shoir va olim sifatida kiradi. Aslida arab-ispan «yangilanishi» aynan undan boshlanadi. Ibn Xazm kordovalik ummaviylarning faol tarafdorlariga kirgan va sulola taxtdan ag'darilgach, O'rta dengiz qirg'og'idagi kichikroq shahar bo'lmish Almeriyaga ketadi. Bu yerda u do'stining iltimosiga ko'ra «Kaptar bo'ynidagi marjon» («Tauq al-Xamama») nomli muhabbat haqidagi risolani yozadi. Bu asar axloq haqidagi risola va badiiy asar ortasidagi oraliq o'rinni egallaydi. «Kaptar boynidagi marjon»  arab adabiyotida faqat bir marta uchraydigan o'ziga xos asar. Uning har bir bobi qandaydir muhabbat qissasiga yoki muhabbat hislarining rivojlanishidagi bosqichlarga: muhabbat belgilari, sadoqat, xiyonat, ajralish kabilarga bag'ishlangan. Muallif odatda umumiy axloqiy-psixologik mulohazalardan keyin o'z xulosalarini tasdiqlash uchun adabiyotdan yoki voqelikdan olingan misollarni keltiradi. Aksariyat hollarda bu misollar muallif zamonidagi Ispaniya hayotidan olingan maishiy latifalar sifatida namoyon bo'ladi. Shunday qilib, «Kaptar bo'ynidagi marjon» o'z tuzilishiga ko'ra al-Jaxizning «Baxillar haqidagi kitob»ini eslatadi, yani janrdagi hikoyalar majmuini tashkil qiladi. Bunday kitob Ibn Xazmgacha Andaluziya adabiyotiga noma'lum boʻlgan. Barcha arab hikoyachilarining odati bo'yicha Ibn Xazm o'z asarini kitobning asosiy mazmunini ifodalovchi she'riy kiritmalar bilan ta'minlagan.

Ayrim tadqiqotchilar Ibn Xazmning muhabbatga boʻlgan munosabatini shoirlarining asarlari  Allohga boʻlgan ilohiy muhabbatning inikosi xolos deb hisoblovchi Bag'dod mistiklarining qarashlari bilan bog'laydilar.[1]

  1. Ziyavuddinova M. Mumtoz arab adabiyoti, 2011.