Almería
Almeriya — Ispaniya janubidagi shahar va Oʻrta dengiz sohilidagi port. Andalusiya muxtor viloyatida. Almeriya provinsiyasining maʼmuriy marka-zi. Aholisi 154,3 ming kishi (1991). Almeriya orqali temir va qoʻrgʻoshin rudalari, oltingugurt, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari chetga joʻnatiladi. Vino sanoati rivojlangan; musiqa asboblari ishlab chiqariladi, charm poyabzal, sellyuloza-qogʻoz, sement sanoati korxenalari bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan arablar qurgan Al-Qasaba qal’asi (8-11-asrlar), shuningdek 15-asrda qurilgan sobor saqlangan.[1]
Almería | |
---|---|
shahar | |
![]() | |
36°50′0″N 2°27′0″W / 36.83333°N 2.45000°W G OKoordinatalari: 36°50′0″N 2°27′0″W / 36.83333°N 2.45000°W G O | |
Mamlakat | Ispaniya |
Avtonom jamoat | Andalusiya |
Провинция | Almería |
Hukumat | |
• Alkald | Luis Rogelio Rodríguez-Comendador Pérez |
Asos solingan | 955 |
Avvalgi nomlari | Ursi |
Maydon | 295 km2 (114 mi²) |
Balandlik NUM | 23 m |
Aholisi (2010) |
190 013 |
Zichligi | 616 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1, yozda UTC+2 |
Pochta indeks(lar)i | 04001-04009 |
|
Almería Ispaniyaning Andalusiya mintaqasida joylashgan shahardir. Almería provinsiyasi tarkibiga kiradi. Maydoni — 295 km2. Aholisi — 190013 kishi (2010).
HavolalarTahrirlash
- Rasmiy sayti Wayback Machine saytida arxivlandi (2018-07-04).
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |