Ismoil ibn imom Abu Bakr Ahmad ibn Husayn al-Bayhaqiy al-Xusravjirdiy ash-Shofiʼiy (Abu Ali) — faqih va muhaddis. U milodiy 1037-yil (hijriy 428-yil) Bayhaqda tavallud topgan. Xorazmda istiqomat qilgan va keyin Balxga ko‘chib o‘tgan. Ibn al-Bayhaqiy o‘ttiz yildan keyin Bayhaqqa qaytib, shu yerda milodiy 1114-yil (hijriy 507-yil) jumoduloxir oyida vafot etgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar[1].

Ibn al-Bayhaqiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1037-yil (hijriy 428-yil)
Vafoti milodiy 1114-yil (hijriy 507-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih va muhaddis

Manbalar

tahrir
  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 81-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.