Ibrat farzandlari – nodavlat notijorat tashkilot boʻlib, dastlab xorijiy tillarni ommalashtirishga qaratilgan loyiha sifatida ish boshlagan[1]. 2024-yil 5-mart kuni Adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorat tashkiloti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan[2]. 2023-yil yakunida yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlarga bagʻishlangan hisobotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga loyiha doirasida til oʻrganayotganlar sonini 2024-yil yakunigacha 1 millionga yetkazilishi boʻyicha axborot berilgan[3].

Ibrat farzandlari
Turi Nodavlat notijorat tashkilot
Shiori Biz dunyo madaniyatlari oʻrtasida koʻprik yaratamiz
Maqsadi Xorijiy tillarni oʻzbekistonliklar orasida ommalashtirish
Ishga tushgan sanasi 2023-yil 5-mart (NNT sifatida)
Joylashuvi Toshkent shahri, Chilonzor tumani
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Asoschi(lar)i Rustam Qoriyev

Manbalar

tahrir