Ibray (1841.20.10 — 1889.17.7) — qozoq yozuvchisi va maʼrifatparvari, milliy badiiy nayerning asoschilaridan. Orenburg shahridagi rus maktabida oʻqigan (1850— 57). 1860—69 yillar Toʻrgʻaydagi rus-qozoq maktabida oʻqituvchi, 1879-yildan Toʻrgʻay viloyatidagi qozoq maktablari inspektori. O.ning tashabbusi bilan qozoq bolalari uchun 7 ta boshlangʻich volost maktabi, 4 ta 2 yillik maktab, 1 ta hunar bilim yurti va qozoq oʻqituvchilari uchun maktab ochilgan (1883-yil Orsk shahri). Oltinsarin shu maktablar uchun ilk dareliklar, majmualar ("Qirgʻiz xrestomatiyasi", 1879) yozgan. "Daryo", "Yoz", "Kel bolalar, oʻqiylik!" singari vatanparvarlik, insonparvarlik ruhidagi sheʼrlari, "Qipchoq Saidqul", "Boy bolalari bilan Husan" sin-gari axloq-odobga oid kitoblari ilk marotaba ana shu majmualarga kiritilgan. Qozoq folkloriga oid bir qancha asar toʻplagan va nashr ettirgan ("Luq-moni Hakim", "Yolgʻonning zarari", "Saxiy", "Izbosti biy" balladalari, "Qora botir", "Kal bola" ertaklari, "Qoʻblandi" eposi va boshqalar).

Ibray Oltinsarin
Asl ismi qozoqcha: Ыбырай Алтынсарин
Tavalludi 1841-yil 20-oktabr
Vafoti 1889-yil 17-iyul
Qoʻstanay, Toʻrgʻay viloyati, Rossiya imperiyasi
Ijod qilgan tillari Qozoq tili va Rus tili
Fuqaroligi Rossiya imperiyasi
Faoliyat turi Yozuvchi

Oltinsarin Jan Pyer Beranje, I. A. Krilov, L. N. Tolstoy va boshqalarning asarlarini qozoq tiliga tarjima qilgan. Ular qozoq tilidagi birinchi badiiy nasr namunalari hisoblanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil