Ibrohim Abdulqodir al-Maziniy (1890, Qohira — 1947) — arab yozuvchisi va tadqiqotchisi. "Misr modernistlari" maktabi vakillaridan. Ilk sheʼrlari P. B. Shelli va J. Bayron ijodi taʼsirida yozilgan. Yumoristik ocherk va hikoyalari ("Olam sandigi", 1929; "Oʻrgimchak uyasi", 1935; "Yoʻlda", 1937)da ayrim Misr ziyolilarining mutaassibligidan, Yevropa madaniyatiga yuzaki taqlid qilishlaridan kuladi. M.ning "Ibrohim — jurnalist" (1931), "Uch zrkak va bir ayol". "Ibroqim II" (1943) kabi romanlarida shaxsning "mutlaq erkinligi" gʻoyalari ilgari surilgan. U adabiy va tanqidiy maqolalari ("Hofiz Ibrohim sheʼriyati". 1914; "Sheʼriyat, uning maqsadi pa vositalari", 1915; "Shamolning kuchayishi", 1928; "Quruq oʻrim", 1925)da sheʼriyatdagi anʼanaviylikka qarshi chiqadi. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil