Ibrohim al-Quboviy
(Abu Isʼhoq) Ibrohim ibn Ali ibnal-Husayn al-Quboviy as-Sufiy (hijriy 394-yil (milodiy 1003) yoki 395-yil (milodiy 1004-yil)da tugʻilib, 471-hijriy yilning jumaduloxir oyi (milodiy 1079-yil)da vafot etgan) — Sug‘dda sufiylarning shayxi, to‘g‘ri yo‘ldan yuruvchi, Qurʼondan ko‘p dars beruvchi, uzoq vaqt sukut saqlaydigan, faqat o‘ziga tegishli ishlarga aralashadigan qalbi pok inson bo‘lgan. U Movarounnahrda tug‘ilgan bo‘lsa-da, lekin bolaligidayoq u yerdan chiqib, ko‘p yillarni musofirchilikda o‘tkazgan. Xuroson, Eron va Hijozga safar qilgan. So‘ngra Sug‘dda muqim yashab, uni vatan tutingan. Umrining oxirigacha shu yerda istiqomat qilgan. Sug‘dda undan ko‘plar hadislar rivoyat qilganlar. Undan eshitgan hadislarning barchasi sahih edi. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar[1].
Ibrohim al-Quboviy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 1003-1004-yil (hijriy 394-395-yil) |
Vafoti | milodiy 1079-yil (hijriy 471-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | shayx |
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 84-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |