Ibrohim ibn al-Husayn (ibn al-Valid)
Ibrohim ibn al-Husayn ibn Ali ibn Muhammad ibn al-Valid (arabcha: إبراهيم بن الحسين بن علي بن محمد بن الوليد, oʻqilishi: Ibrāhīm ibn al-Ḥusayn ibn ʿAlī ibn Muḥammad ibn al-Valīd) 1287-yildan to 1328-yilda vafot etguniga qadar Yamanda oʻn birinchi tayyibiy ismoiliy Daʼi al-Mutlaq lavozimida ishlagan[1].
Hayoti
tahrirIbrohim XIII asrdan XVI asr boshlarigacha Daʼi al-Mutloq lavozimini deyarli uzluksiz egallab kelgan Banu al-Valid al-Anf oilasiga mansub edi[2]. U sakkizinchi daʼi al-Husayn ibn Alining oʻgʻli va toʻqqizinchi daʼi Ali ibn al-Husaynning ukasi edi[3]. Ibrohim oʻz qarorgohini Sanadan Afida qal’asiga koʻchirgan va 1325-yilda Kavkaban shahrini qoʻlga kiritgan. U shu yerda Zaydiy imomlariga qarshi kurashish uchun harbiy kuchlarni toʻplashni boshladi[1].
Uning vafotidan soʻng bu lavozimni Muhammad ibn Hatim (1327–1328) egallagan, undan soʻng esa Ibrohimning oʻgʻli Ali Shamsuddin I bu oʻringa kegan[1].
Qabri
tahrirUning qabri, 12- va 13-dailarning qabrlari bilan birga, yaqin vaqtgacha yashirin boʻlgan va olimlarga nomaʼlum edi. Yaqinda Yaman arxeologiya idorasi mahalliy Davudiy Bohralar bilan hamkorlikda ularni Hisn Afida hududidan topishgan. 2018-yil 25-noyabrda 53-Daʼi al-Mutlaq Mufaddal Sayfuddin bu qabristonnning mavjudligini keng ommaga maʼlum qilgan. Yaqin kelajakda bu yerda maqbara qurilib, rasman ochilishi rejalashtirilmoqda.
-
Hisn Afidada uch daʼining qabrlari topilgan
-
Sano shahrining al-Mahariq yaqinidagi Hisn Afida tepaligida 11-, 12-, 13- va 15-daʼilarning qabrlari joylashgan
-
Qabrlarning boshqa tomondan ko‘rinishi
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Daftary 2007, s. 268.
- ↑ Daftary 2007, s. 267.
- ↑ Daftary 2007, ss. 267–268.
Havolalar
tahrir- Daftary, Farhad. The Ismāʿı̄lı̄s: Their History and Doctrines, Second, Cambridge: Cambridge University Press, 2007. ISBN 978-0-521-61636-2.