46°56′38.28″N 71°28′30.13″W / 46.9439667°N 71.4750361°W / 46.9439667; -71.4750361

Muz mehmonxonasi
Hôtel de Glace (12665786284).jpg
Asos solingan sana 2001
Joylashuvi Saint-Gabriel-de-Valcartier, Quebec, Canada
Sayt hoteldeglace-canada.comt


Muz mehmonxonasi Shimoliy Amerikadagi yagona Muz mehmonxonasi Saint-Gabriel-de-Valcartier, Quebec, Canadada joylashgan.


Tarixi

tahrir

Ushbu mehmonxona 2001-yil Yangi yil kuni omma uchun ochiq deb eʼlon qilindi. Keyingi yili Sainte-Catherine-de-la-Jacques-Cartierdagi[1] Duchesnay dam olish markazi yaqiniga koʻchirish rejasi bilan birinchi yili Quebec[2] shahri tashqarisidagi Montmorency Falls[3] parkiga joylashtirildi. U yerda 2002-yildan 2010-yillar oraligʻida qurish ishlari olib borildi. 2011-yili Hôtel de Glace (fransuzcha nomi) Quebec shahri atrofidagi Charlesbourgdagi yangi joyga koʻchirildi va 2016/2017-yillarda qurib bitkazildi.[4]

Mehmonxona Quebec shahri markazidan 5 km shimolda Charlsbeg buryosidagi Laurentian togʻlarida joylashgan. Bu Shimoliy Amerikadagi birinchi va yagona muzdan yasalgan mehmonxona boʻlib, har yili yanvar oyidagi ochilish marosimi uchun dekabr oyida qaytadan quriladi. Mehmonxona oʻrtacha 3 oy davomida bus-butun holatida turadi. Mehmonxona birinchi bor 2011-yilda ochilganda 11 dona ikki kishilik yotoqxonasi boʻlgan boʻlsa, bu raqamlar hozirga kelib 51 tagacha koʻtarilgan. Zarur boʻlganda uxlash uchun qulay qopkoʻrpa va yostiqlar xonalarga yetkazib beriladi. Faqatgina hammomlargina isitiladi va boshqa xonalarga zarar bermasligi uchun himoyalangan boʻladi.

Mehmonxonani qurish uchun 50 ta ishchi taxminan bir yarim oy ishlashlari kerak boʻladi. Mehmonxona xonalardagi namlikni maxsus qoʻshimchalar yordamida oʻzgartirib oʻzi qor hosil qila oladi. Qurilishning boshida metal asoslardan foydalanib, bino ozgina qotgandan soʻng ular olib tashlalnadi[5]. Mehmonxona 30,0000 tonna qor va 500,000 tonna muzdan tashkil topgan. Va devorlari 4 fut qalinlikda[6].

2017-yili mehmonxona hozirgi joylashgan joyi Saint-Gabriel-de-Valcartier dagi Valcartier Vacation Village ga koʻchirilgan.


Turistik ahamiyati

tahrir

Mehmonxona turistlar eng koʻp tashrif buyuruvchi joy sifatida taʼsvirlanib, Quebec turizm markazi tomonidan qoʻllab quvvatlangan. Mehmonxona boʻylab sayohatlar ingliz va fransuz tillarida, haftada yetti kun mavjud va barcha uchun ochiq. Oʻn uchinchi fasldan soʻng, rasmiy maʼlumotlarga qaraganda mehmonxonaga milliondan ortiq mehmonlar va 43,000 dan ortiq tungi mehmonlar tashrif buyurgan[7].

Toʻy marosimlari

tahrir

Toʻy marosimlari oʻtkaziladigan maxsus ibodatxonalar mavjud. The Hôtel de Glace toʻy marosimLri oʻtkazish boʻyicha eng zoʻr oʻntalikka kiradi.[8]

Manbalar

tahrir