Ichak shirasi — ichak shilliq par-dasining bezlaridan ajralib chiqadigan hazm shirasi; rangsiz yoki och sariq suyuqlik, ishqoriy xususiyatga ega. Ovqatning ichak devoriga taʼsir etishi natijasida va baʼzi kimyoviy moddalar taʼsirida vaqt-bevaqt ajralib turadi. Bir sutkada 2,5 litr gacha I. sh. ajraladi; u quyuq va suyuq qismlardan iborat boʻlib, katalitik faollikka ega. I.sh. tarkibida uglevod, yogʻ va oqsillarni parchalaydigan 20 dan or-tiq turli fermentlar: aminopolipeptidaza, dipeptidaza, lipaza, nuklea-za, amilaza va b. bor. Ingichka I.sh. ovqatni hazm qilishda katta ahamiyatga ega.[1] Fermentlarning ichak shirasi, asosan, shilliq qavatidan yemirilgan epiteliotsitlar tarkibida tushadi. katta miqdordagi fermentlar epiteliotsitlar yuzasiga shimdirib olinadi va devor oldi hazmida ishtirok etadi.

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil