Ichki bozor — muayyan mamlakat doirasida tovarlar va xizmatlar ayirboshlanadigan bozor. I.b. ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida vujudga keladi. Mahsulotlar tovar sifatida tayyorlanganda kishilar oʻzlari tayyorlagan mahsulotlarni bozor vositasida almashtirib, bir-birlari bilan muno-sabatda boʻladilar. I.b. turli ijtimoiyiqtisodiy tuzumda turlicha boʻlgan. Bozor munosabatlari rivojlangan sari mavjud korxonalarni kengaytirish va yangilarini qurish uchun i.ch. vositalariga talab orta boradi. Natijada isteʼmol buyumlariga talab ham kuchayadi. Biroq ommaning xarid quvvati cheklanganligi sababli, bozor hajmining oʻsishi i.ch.ning oʻsishidan orqada qoladi. Aholining koʻpchiligi yollanma ishchiga, ishchi kuchi esa tovarga aylanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil