Ichki mehnat tartibi qoidalari — Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchilarning birgalikdagi mehnatini tartibga soluvchi asosiy meʼyoriy hujjat. I.m.t.q.ning asosiy maqsadi xodimlarni mehnatga ongli munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash, mehnat intizomini yanada mustahkamlash, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish, ish vaqtidan oqilona foydalanish, yuqori ish sifatiga erishish. mehnat unumdorligi va i.ch. samaradorligini oshirishdan iborat. Hoz. kunda amal qilib kelayotgan bunday meʼyoriy hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan 1996 yil 2 aprelda tasdiqlangan, u idoraviy mansubligi, mulkchilik va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar xodimlari uchun Namunaviy I.m.t.q. deb ataladi va ish beruvchilar hamda xodimlar uchun majburiy qoidalarni oʻz ichiga oladi.

Namunaviy I.m.t.q. asosida vazirliklar va idoralar tegishli markaziy (respublika) kasaba uyushmalari qoʻmitalari bilan kelishib, xalq xujaligining muayyan tarmogʻi xususiyatlariga tatbiqan tarmoqlarning I.m.t.q.ni ishlab chiqadi. Korxonalar, tashkilotlar, muassasalardagi I.m.t.q. ham mazkur Namunaviy I.m.t.q. asosida ish sharoiti hisobga olingan holda tuziladi va ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari bilan kelishib, tasdiklanadi. Tarmoq va korxonalarning I.m.t.q. Oʻzbekiston Mehnat kodeksi qamda Namunaviy I.m.t.q.ga va mehnat haqidagi boshqa meʼyoriy huj-jatlarga xilof boʻlishi mumkin emas. Xodim ishga qabul qilinayotganda ish beruvchi uni mazkur qoidalar bilan tanishtirmogʻi shart. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil