Ichki tekisliklar - Janubiy Amerikaning And togʻlari, Braziliya yassitogʻligi va Patagoniya oraligʻidagi (10° dan 39° j.k.gacha) meridian boʻylab joylashgan botiklar sistemasi. Tarki-biga Mamore, Pantanal, Granchako, Pampa tekisliklari va Ikki dare oraligʻi kiradi. Asosan, akkumulyativ (bal. sharqida 50 m dan 70 m gacha, gʻarbida 500—600 m gacha) tekisliklardan iborat. Qalin delyuvial-allyuvial yotqi-ziqlardan tuzilgan, baʼzi yerlarida bal. 200—1400 m li qattiq jinslardan iborat tepaliklar uchraydi. Janubiy qismida lyoss qatlamlari keng tarqalgan. Landshaftning zonal tiplari harak-terli, shimolida subekvatorial savanna va savanna oʻrmonlari tropik siyrak oʻrmonlar orqali subtropik savanna, preriya va dashtlarga oʻtib boradi. Paragvay va Parana daryolari boʻylab botqoqlashgan oʻrmonlar mintaqasi mavjud.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil