Ideallashtirish (yun. ideya soʻzi-dan) — 1) badiiy ijodda biror narsa hodisa, voqea va shaxsni aslidagidan koʻra mukammalroq tasavvur qilish, tasvirlash. Mas, Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonidagi Farhod, Shirin; Abdulla Qodiriyning "Oʻtgan kunlar" romanidagi Otabek, Kumush obrazlari; 2) aslida boʻlmagan, lekin mavjud olamda timsoli bor boʻlgan (mas, absolyut kora jism, ideal gaz va b.) obʼyektlar, jarayonlar va hodisalar haqidagi tushunchalarni fikran modellash. I. qonunlarni taʼriflash, hayotiy jarayonlarning mavhum shakllarini tuzish imkonini beradi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil