Idiofonlar
Idiofonlar (yun. idios — oʻziga xos va phone — tovush) — bevosita oʻzi sado beruvchi materiallardan yasaladigan musiqa cholgʻulari. I., odatda, tabiatan muayyan sadoli materiallar (metall, yogʻoch, shisha, tosh)ning oʻzidan iborat boʻladi; baʼzan ulardan cholgʻuning sado manbai yasaladi. Sadolantirish usuliga koʻra, I. quyidagilarga boʻlinadi: chertma I. (changqoʻbiz), friksion (ishqab sadolantiruvchi) I. (shisha garmonika va b.), urma I. (gong, zang, ksilofon, qayroq, qoʻngʻiroq, lappaklar va b.).[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |