Bosh menuni ochish

Debi Idriss (1952, Berdoba) — Chad prezidenti. Njamena sh.dagi harbiy zobitlar maktabi (1976) va Fransiyadagi Aeronavtika institutini tugatgan. 1980 yildan Chad Shimoliy qurolli kuchlari qoʻmondoni, 1987 yildan mudofaa va xavfsizlik masalalari boʻyicha maslahatchi, ayni vaqtda Mustaqillik va inqilob milliy ittifoqi ijroiya qoʻmitasida armiya va xavfeizlik organlari ishlari boʻyicha prezident vakili. 1990 yil dekabrdan Milliy qutqarish vatanparvarlik harakati rahbari, 1991 yil fevraldan Chad Respublikasi prezidenti[1].

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Andoza:Chad Prezidentlari