Igor Bubnjić(talaffuzi: Igor Bubnich) (1992-yil 17-iyulda tugʻilgan) — xorvatiyalik nafaqadagi futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan.

Igor Bubnjić
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Igor Bubnjić
Tavallud sanasi 17-iyul 1992-yil (1992-07-17) (31 yosh)
Tavallud joyi Split, Xorvatiya
Boʻyi 1.88m
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1998—2004 HNK Daruvar
2004—2005 Kamen Sirač
2005—2007 HNK Daruvar
2007—2011 Slaven Belupo
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2013 Slaven Belupo 34 (2)
2011—2012Koprivnica (Ijara) 13 (2)
2013—2018 Udinese 13 (0)
2015—2016Carpi (Ijara) 9 (0)
2016—2017Brescia (Ijara) 8 (0)
2018Inter Zaprešić (Ijara) 0 (0)
2018—2019 Hibernians 2 (0)
Milliy terma jamoa
2011—2013 Xorvatiya U20 7 (0)
2012—2014 Xorvatiya U21 8 (0)
2013—2014 Xorvatiya 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klubdagi faoliyati tahrir

Bubnjić oʻz faoliyatini Daruvar yoshlar jamoasida oʻynashdan boshlagan, 2007-yilda Slaven Belupo yoshlar jamoasiga oʻtgunga qadar Daruvarda harakat qilgan. 2011-12-yilgi mavsumning birinchi qismida u „Treća HNL“ning „Koprivnica“ jamoasiga ijaraga berilgan va u yerda 13 oʻyinda maydonga tushib, ikki bor gol urgan. U qishki tanaffusdan soʻng „Slaven Belupo“ga qaytgan va 2012-yilning 16-martida „Osijek“ga qarshi oʻyinda (2:0) oʻrinbosar sifatida asosiy jamoada debyut qilgan[1]. U Prva HNLdagi ilk golini 2012-yil 6-may kuni Rijeka bilan 1:1 hisobidagi durang oʻyinda kiritgan[2]. 2012-yilning sentabrida Bubnjić "Udineze" bilan besh yillik shartnoma imzolagani, ammo mavsum oxirigacha „Slaven“da qolishi eʼlon qilingan[3].

2018-yil 1-oktyabrda u Maltaga koʻchib oʻtgan va Hibernians bilan shartnoma imzolagan[4]. U 2019-yilning yozida klub uchun ikkita oʻyin oʻtkazganidan soʻng klubni tark etgan va 2019-yil 7-oktyabrda Bubnjić soʻnggi uch yil davomida jiddiy jarohat olganidan keyin 27 yoshida faoliyatini yakunlashini eʼlon qilgan[5].

Xalqaro faoliyati tahrir

U Xorvatiya terma jamoasi safida 2013-yil iyun oyida Portugaliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan, Vedran Chorlukaning oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan va jami 2 ta oʻyinda oʻya=nab gol muallifiga aylanmagan. Uning ikkinchi va oxirgi terma jamoadagi oʻyini 2013-yil sentyabr oyida Janubiy Koreyaga qarshi safarda oʻrtoqlik oʻyini boʻlgan[6].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin c
Koprivnica (Ijara) 2011—12 ? 13 2 - - 13 2
Slaven Belupo 2011—12 1. HNL 9 1 - - 9 1
2012—13 25 1 5 1 4 1 34 3
Jami 34 2 5 1 4 1 43 4
Udineze 2013—14 A seriya 7 0 1 0 0 0 8 0
2014—15 6 0 2 0 - 5 0
Jami 13 0 3 0 0 0 16 0
Karpi (Ijara) 2015—16 A seriya 9 1 1 0 - 10 1
Breshiya (ijara) 2016—17 B seriya 8 0 0 0 - 8 0
Karyerada jami 77 5 9 2 4 1 90 8

Manbalar tahrir

  1. Strahija, Ivana. „Vugrinčev 125. gol u pobjedi Slavena“ (Croatian). Sportnet.hr (2012-yil 16-mart). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-sentyabr.
  2. Molnar, Ivan Dorian. „Slaven Belupo pokvario slavlje na Kantridi, Rijeka ponovno ostala bez tri boda“ (Croatian). Sportnet.hr (2012-yil 6-may). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-sentyabr.
  3. Strahija, Ivana; Tolić, Josip. „Igor Bubnjić od sljedeće sezone u Udineseu“ (Croatian). Sportnet.hr (2012-yil 28-sentyabr). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-sentyabr.
  4. „Hibernians sign former Udinese midfielder“. Times of Malta (2018-yil 3-oktyabr).
  5. IGOR BUBNJIĆ OKONČAO IGRAČKU KARIJERU, hns-cff.hr, 7 October 2019
  6. „Player Database“. EU-football. Qaraldi: 2022-yil 25-iyun.