Igor Kudrenko
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Igor Nikolayevich Kudrenko
Tavallud sanasi 13-noyabr 1978-yil (1978-11-13) (45 yosh)
Tavallud joyi Qirgʻiziston SSR
Boʻyi 187 cm (6 ft 1 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Lokomotiv Toshkent (murabbiy)

Igor Nikolayevich Kudrenko (ruscha: Кудренко, Игорь Николаевич; 1978-yil 13-noyabr) – qirgʻizistonlik sobiq futbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan va futbol murabbiyi. Qirgʻiziston terma jamoasida oʻynagan. 1999-yil Qirgʻizistonning eng yaxshi futbolchisi. Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi katta murabbiyi.

Klub karerasi

tahrir

U 1994 yilda Bishkekning „Alga“ tarkibida kattalar oʻrtasidagi musobaqalarda qatnasha boshladi. 1996-yilda Bishkekning "Dinamo" jamoasiga oʻtdi va u bilan birga Qirgʻizistonning uch karra chempioni (1997, 1998, 1999) boʻlgan. 1999-yilgi mavsum oxirida u mamlakatning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingan.

2000-yildan Qozogʻistonning yuqori divizion klublari, SSKA-Qayrat, Qayrat, Vostok, Jetisu, Yesil (Koʻkchetav) jamoalarida oʻynagan. U Qozogʻiston oliy ligasida jami 96 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan. „Qayrat“ tarkibida 2001-yil Qozogʻiston kubogi gʻolibi boʻlgan. Qozogʻistondagi oʻtkazgn yillari davomida u shu davlat fuqaroligini ham olgan.

2004 va 2006—2009 yillarda Qirgʻizistonning "Dordoy-Dinamo" klubida oʻynab, koʻp marotaba chempion va Qirgʻiziston kubogi sohibiga aylangan. 2014—2015-yillarda „Alga“ jamoasining futbolchilar tarkibiga kiritilgan.

Milliy jamoadagi faoliyati

tahrir

Qirgʻiziston terma jamoasidagi debyut uchrashuvini 2000-yilning 25-may kuni Livanga qarshi oʻtkazgan[1]. U oʻzining birinchi golini toʻrtinchi oʻyinida, 2001-yilning 30 yanvarida Tailandga qarshi oʻyinda kiritdi[2]. Hammasi boʻlib 2000-—2008-yillar davomida u 25 ta oʻyinda qatnashib, bitta gol urgan.

Qirgʻiziston olimpiya terma jamoasi aʼzosi sifatida 2006-yili Qatarda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida 23 yoshdan oshgan uch nafar futbolchidan biri sifatida ishtirok etgan.

Murabbiylik karerasi

tahrir

2010-yildan „Dordoy-2“ va „Alga“ klublari murabbiylar shtabida ishlagan. 2014-yildan Qirgʻiziston terma jamoasi murabbiylar shtabida, bosh murabbiy yordamchisi, texnik va sport direktori lavozimlarida ishlagan. 2016-yilda yoshlar jamoasida Mirlan Eshenovga yordam berdi[3].

2017-yilda buyon Qirgʻiziston olimpiya (23 yoshgacha) terma jamoasini boshqargan. Indoneziyada boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Osiyo oʻyinlarida uning qoʻl ostidagi jamoa uchta oʻyinda bir ochko jamgʻarib, guruhdan chiqa olmadi.

2018-yildan boshlab u "Dordoy" jamoasida bosh murabbiy Aleksandr Krestininning yordamchisi sifatida ham ishlagan.

2024-yil 10-iyundan Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi katta murabbiyi[4].

Shahsiy hayot

tahrir

Uylangan, ikki farzandi bor.

Manbalar

tahrir
  1. „Киргизия 0 : 2 Ливан“. 2019-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-yanvar.
  2. „Таиланд 3 : 1 Киргизия“. 2019-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-yanvar.
  3. „Игорь Кудренко: Ребята выложились по полной“. 2019-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-yanvar.
  4. „Aleksandr Krestinin – "Lokomotiv" bosh murabbiyi!“ (2024-yil 10-iyun).

Havolalar

tahrir