Igor Kurchatov
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Igor Vasilyevich Kurchatov (1902-yil 30-dekabr (1903.12.1), Sim shahri, hozirgi Chelyabinsk viloyati Asha tumani —1960-yil 7-fevral, Moskva] — rus fizik olimi, akademik (1943). Atom fani va texnikasining tashkilotchilaridan biri. Qrim universitetini tugatgan(1923). 1925-yildan Leninfad fizika-texnika institutida A. F. Ioffe rahbarligida ishlay boshlagan. 1943-yilda laboratoriya tashkil etib, unga rahbarlik qilgan (keyinchalik bu laboratoriya SSSR Fanlar akademiyasi Atom energiyasi institutiga aylantirilgan). Ilmiy ishini dielektriklar tabiatini oʻrganishdan boshladi. Segnet tuzining elektr xossalarini oʻrganib, segnetoelektriklar nazariyasiga asos soldi. 1933-yildan atom yadrosi fizikasi masalalari bilan shugullanib, sunʼiyradioaktiv izotoplar yadro izomeriyasi hodisasini (1935), rus olimlari K. A. Petrjak, G. N. Flyorov bilan birgalikda uran-235ning oʻz-oʻzidan boʻlinishini kashf qildi (1940). Kurchatov rahbarligida Moskvada siklotron (1944), Yevropada birinchi atom reaktori (1946), birinchi sovet atom bombasi (1949) va dunyoda birinchi termoyadro bombasi (1953), dunyoda birinchi atom elektr stansiyasi (1954) yaratildi va boshqariladigan termoyadro sintezi muammolariga oid tadqiqotlar qilishga kirisha boshlandi. Kurchatov tashabbusi bilan Oʻzbekistonda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti tashqil qilingan.[1]
Adabiyot
tahrir- Golovin I. N., I. V. Kurchatov, M., 1967; Astashenkov P. T., Akademik I. V. Kurchatov, M., 1971.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |