Igor Mezensev
Igor Volodimirovich Mezensev (1915-yil 9-sentyabr, Jitomir – 1984-yil 9-mart, Kiyev[1]) – ukrainalik sovet davri meʼmori, rassomi, grafik dizayneri va oʻqituvchisi[2]. 1969-yildan beri Ukraina arxitektorlar uyushmasi aʼzosi. Arxeolog Xalinaning eri, tarixchi Vladimir va rassom Oleksiy Mezensevlarning otasi.
Igor Volodimirovich Mezensev | |
---|---|
Tavalludi |
9-sentyabr 1915-yil Jitomir, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
9-mart 1984-yil (68 yoshda) Kiyev, Rossiya |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi | arxitektor |
Taʼlimi | Milliy tasviriy sanʼat va arxitektura akademiyasi |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirIgor Volodimirovich Mezensev 1915-yil 9-sentyabrda Jitomir shahrida (hozirgi Ukraina) tugʻilgan. Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. U muhandislik qoʻshinlarida xizmat qilgan[3]. 1946-yilda Kiyev rassomlik institutining arxitektura fakultetini tamomlagan. U 1951-yilda Ukraina SSR Qurilish va arxitektura akademiyasining aspiranturasida (Yevgeniy Katonin, Vladimir Zabolotniy va Boris Priymak qoʻl ostida) tahsil olgan.
Igor Volodimirovich Mezensev 1967-yildan boshlab Kiyev rassomlik institutida dars bera boshladi. „Dipromisto“ Ukraina shaharsozlik institutida ishlagan. 1968—1976 yillarda bosh arxitektor, 1972—1976-yillarda direktor oʻrinbosari, 1976—1977-yillarda texnik boʻlimning bosh mutaxassisi boʻlib ishlagan. U 1984-yil 9-martda Kiyevda vafot etdi.
Loyihalari
tahrirIgor Volodimirovich Mezensev quyidagi loyihalarni amalga oshirgan:
Kiev geofizika rasadxonasi (1947—1950);
Ukraina SSR xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasidagi bosh reja, asosiy kirish, ayvon va favvora (1951—1957);
Odessa, Truskavetsdagi kurort pansionatlarining loyihalari va qurilishi (1964—1969);
Poltavadagi Askarlar shon-sharafi yodgorlik majmuasi (1968—1971);
Kievdagi „Ulugʻ Vatan urushi tarixi milliy muzeyi“ memorial majmuasi (1973—1981);
Kiyevdagi Komsomolskiy turar-joy massividagi mikrorayon (1964—1968, hammuallif);
Toshkent shahridagi „Ukraina“ mikrorayoni (1967—1969, hammuallif);
Arxitektura va shaharsozlik boʻyicha bir qator maqolalar muallifi hisoblanadi.
U rangtasvir va grafika sohasida ishlagan (landshaftlar, natyurmortlar, portretlar chizgan).
Mukofotlari
tahrir- 1-darajali (1945-yil 7-iyul) va 2-darajali (1945- yil 21-mart) Vatan urushi ordenlari, Qizil yulduz ordeni (1944-yil 16-mart);
- „Jangovar xizmatlari uchun“ (1943-yil 25 avgust), „Pragani ozod qilgani uchun“ (1945-yil 9-iyun), „Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“, „Varshavani ozod qilgani uchun“ medallari;
Adabiyotlar
tahrir- Словник художників України / за ред. М. П. Бажана (відп. ред.) та ін. — К. : Головна редакція Української радянської енциклопедії, 1973. — С. 148.
- Українська радянська енциклопедія : у 12 т. / гол. ред. М. П. Бажан ; редкол.: О. К. Антонов та ін. — 2-ге вид. — К. : Головна редакція УРЕ, 1974–1985.;
- Митці України : Енциклопедичний довідник / упоряд. : М. Г. Лабінський, В. С. Мурза ; за ред. А. В. Кудрицького. — К. : «Українська енциклопедія» ім. М. П. Бажана, 1992. — С. 395. — ISBN 5-88500-042-5. [Архівовано з першоджерела 12 вересня 2022.];
- Головань О. В. Мезенцев Ігор Володимирович // Енциклопедія сучасної України / ред. кол.: І. М. Дзюба [та ін.] ; НАН України, НТШ. — К. : Інститут енциклопедичних досліджень НАН України, 2001–2023. — ISBN 966-02-2074-X.
Manbalar
tahrir- ↑ „Мезенцев Игорь Владимирович :: Память народа“. www.pamyat-naroda.ru. Qaraldi: 29-oktabr 2023-yil.
- ↑ „Tauvers Gallery - Мезенцев Ігор Володимирович“. www.tauvers-gallery.com. Qaraldi: 29-oktabr 2023-yil.
- ↑ Пам'ять народу.(rus.)