Igor Aleksandrovich Volkov (ruscha: Волков, Игорь Александрович; 1971-yil 23-avgustda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik nafaqadagi futbolchi, yarim himoyachi ampulasida oʻynagan.

Igor Volkov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Igor Aleksandrovich Volkov
Tavallud sanasi 23-avgust 1971-yil (1971-08-23) (53 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 184 cm (6 ft 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1990—1991 Geolog Qarshi 56 (11)
199—1993 Paxtakor FK 46 (7)
1994 Neftchi 2 (0)
1994 Atlaschi 9 (0)
1994—1996 Torpedo 31 (2)
1994—1996 Torpedo-2 (Ijara) 13 (4)
1998 Yenisey Krasnoyarsk 13 (1)
1999 SOYUZ-Gazprom 1 (0)
1999 Dinamo Stavropol 4 (0)
2000 Metallurg - (4)
2004 Dnepr-Transmash Mogilev 5 (0)
2007—2008 Rosich Moskovsky
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati

tahrir

Faoliyatini 1990-yilda Qarshining „Geolog“ tarkibida boshlagan boʻlib, bu jamoada ikki mavsum toʻp surgan, 56 ta oʻyinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan. 1992—1993-yillarda Toshkentning „Paxtakor“ klubida oʻynagan. Paxtakor jamoasi safida 46 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan. 1994-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ va Margʻilonning „Atlaschi“ jamoalarida oʻynagan.

1994-yil oxirida Igor Moskvaning „Torpedo“ klubiga oʻtgan va 1996-yilgacha ushbu klubda oʻynagan. Asosiy jamoa safida 31 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan. Keyinchalik u „Torpedo-D“ klubida oʻynagan. 1998—1999-yillarda Rossiyaning bir qator klublarida oʻynagan. 2000-yilda Oʻzbekistonga qaytib, Bekobodning „Metallurg“ klubi futbolchisiga aylangan. 2004-yilda Belarusning „Dnepr-Transmash“ jamoasida oʻynagan. 2007—2008-yillarda u Moskvaning „Rosich“ havaskor klubi tarkibida oʻynagan.

Havolalar

tahrir