Igor Xalilov
Igor Vyacheslavovich Xalilov (tugʻ. 13-iyun 1972-yil, Buxoro, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek ogʻir atletikachisi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro toifadagi sport ustasi, Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari serjanti. 1996-yil yozgi Olimpiya oʻyinlari, 2000-yil yozgi Olimpiya oʻyinlari va 2004-yil yozgi Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan. Chempion va sovrindori Osiyo chempionatida, uch karra sovrindori Osiyo oʻyinlari.
Igor Xalilov | |
---|---|
Fuqaroligi |
![]() |
Qaysi sport | ogʻir atletika |
Tavallud sanasi | 13-iyun 1972-yil |
Tavallud yeri | Buxoro, Oʻzbekiston SSR |
Boʻyi | 193 |
MartabaTahrirlash
1994-yilda Xirosimada (Yaponiya) boʻlib oʻtgan yozgi Osiyo oʻyinlarida 108 kg dan yuqori vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi[1]. 1996-yilda Atlantada (AQSh) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida u 108 kg dan yuqori vazn toifasida muvaffaqiyat qozona olmadi[2]. 1998-yilda Bangkokda (Tailand) boʻlib oʻtgan yozgi Osiyo oʻyinlarida 105 kg dan yuqori vazn toifasida jami 420 kg toshni koʻtarib kumush medalni qoʻlga kiritdi[3].
2000-yilda Sidneyda (Avstraliya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 105 kg dan ortiq vazn toifasida u jami 410 kg toʻpladi, lekin bor-yoʻgʻi oʻn ikkinchi oʻrinni egalladi[4]. Osaka (Yaponiya) shahrida boʻlib oʻtgan ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionatida 105 kilogrammdan yuqori vazn toifasida jami 422,5 kilogramm tosh koʻtarib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[5]. 2002-yilda Busan shahrida (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan yozgi Osiyo oʻyinlarida 105 kg dan yuqori vazn toifasida jami 405 kg natijani qayd etib, navbatdagi kumush medalni qoʻlga kiritdi[6].
2004-yilda Afinada (Gretsiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 105 kg dan ortiq vazn toifasida u jami 420 kg natijani qayd etib, toʻqqizinchi natijani koʻrsatdi[7]. Olmaotada (Qozogʻiston) ogʻir atletika boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi[8][9]. 2005-yilda Dubayda (BAA) ogʻir atletika boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida bronza medali bilan taqdirlangan[10].
Igor armiya sport klubida oʻynagan va Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari serjanti[11]. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi unvoni bilan taqdirlangan[12].
ManbalarTahrirlash
- ↑ „Weightlifting“ . web.archive.org (4-avgust 1997-yil). Qaraldi: 26-avgust 2021-yil.
- ↑ „Olympedia – Super-Heavyweight (>108 kilograms), Men“ . www.olympedia.org. Qaraldi: 26-avgust 2021-yil.
- ↑ „IWF - (Results of Asian Games, 1998)“ . web.archive.org (17-fevral 2001-yil). Qaraldi: 26-avgust 2021-yil.
- ↑ „Olympedia – Super-Heavyweight (>105 kilograms), Men“ . www.olympedia.org. Qaraldi: 26-avgust 2021-yil.
- ↑ „Results and Rankings - 2000. Men. Asian Championships Osaka“ . web.archive.org (17-fevral 2004-yil). Qaraldi: 26-avgust 2021-yil.
- ↑ „Results and Rankings - 2002. MEN 14th Asian Games“ . web.archive.org (10-aprel 2004-yil). Qaraldi: 26-avgust 2021-yil.
- ↑ „Olympedia – Super-Heavyweight (>105 kilograms), Men“ . www.olympedia.org. Qaraldi: 26-avgust 2021-yil.
- ↑ „Results and Rankings - 2004 Asian Championships, Almaty, KAZ“ . web.archive.org (28-may 2004-yil). Qaraldi: 26-avgust 2021-yil.
- ↑ „Игорь Халилов: Я выигрывал у самого сильного человека на планете“(rus.) . www.caravan.kz. Qaraldi: 26-avgust 2021-yil.
- ↑ „Results and Rankings - 8th WEIGHTLIFTING UNIVERSITY WORLD CUP, Villeneuve - Loubet, FRA“ . web.archive.org (14-yanvar 2006-yil). Qaraldi: 26-avgust 2021-yil.
- ↑ „Символ Родины в незабываемые моменты триумфа“(aniqlanmagan). https://yuz.uz. Qaraldi: 26-avgust 2021-yil.
- ↑ „ZiyoNET › Армия и молодежь › Армейский спорт“(rus.) . army.ziyonet.uz. Qaraldi: 27-avgust 2021-yil.