Ihtilom
Ihtilom, pollyusiya — erkaklarda gʻayriixtiyoriy bulgʻanish (sperma kelishi). Ihtilom koʻpincha oʻsmirlarda roʻy beradi va jinsiy balogʻatga yetish davrining boshlanganini bildiradi; bir maromdagi jinsiq hayot boshlangach, ihtilom toʻxtaydi. Birinchi ihtilomning paydo boʻlishi bolaning individual tugʻma xususiyatlari, umumiy sogʻligi, hayot tarzi va qiziqishlariga bogʻliq. Tungi ihtilomdan tashqari, kishi kunduzi uygʻoq vaqtida ham (baʼzan ayolni oʻpganda yoki yalangʻoch holda koʻrganda va hokazo) ihtilom boʻlib qolishi mumkin. Katta kishilarda tungi ihtilom oʻzi odatlangan jinsiy aloqani toʻxtatganda kuzatiladi. Ihtilom kasallik alomati boʻlmay, aksincha, jinsiy bezlarning gormonal faolligi saqlanganligidan dalolat beradi. Markaziy nerv sistemasi, prostata bezi kabi aʼzolar kasalliklarida ihtilom doimiy tus oladi. Bunda mutaxassis vrachga murojaat qilish kerak[1].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |