Iizuna (yaponcha: 飯綱町 Iizuna-machi?) Yaponiyaning Nagano prefekturasidagi Kamiminochi yerida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 31-mart holatiga koʻra, shaharchada 4187 ta xonadonda 11115 nafar aholi istiqomat qilgan[1], aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 150 kishidan kelgan. shaharning umumiy maydoni 75,00 kvadrat kilometr (28,96 mi²) ni tashkil etadi.

Iizuna

飯綱町
Shaharcha
Skyline of Iizuna
Iizuna
Bayroq
Iizuna
Gerb
36°45′16.9″N 138°14′7.7″E / 36.754694°N 138.235472°E / 36.754694; 138.235472 G OKoordinatalari: 36°45′16.9″N 138°14′7.7″E / 36.754694°N 138.235472°E / 36.754694; 138.235472 G O
Mamlakat Yaponiya
Mintaqa Chubu viloyati
Asos solingan 2005-yil 1-oktyabr
Maydon 75.00 km2 (28.96 mi²)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2019-yil mart)
11 115
Zichligi 150 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 026-253-2511
Iizuna xaritada
Iizuna
Iizuna
Iizuna shahar hokimiyati

Geografiyasi tahrir

Iizuna shimoliy Nagano prefekturasida joylashgan. Reyzenji togʻidan oqib oʻtadigan Yaja daryosining terasi shaharning gʻarbiy chegarasini tashkil qiladi. Torii daryosi shahar markazidan oqib oʻtadi. Madarao daryosi esa Shinano hududidan boshlanib, shaharning shimoliy tomoniga oqadi. Bu daryo keyinchalik borib sharqdagi Nakano shahri orqali Chikuma daryosiga qoʻshiladi.

Iqlimi tahrir

Qishloq issiq va nam yoz hamda sovuq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Iizunada oʻrtacha yillik harorat 11,3 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1254 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 24,9 °C, eng past harorati esa yanvarda, −1,5 °C atrofida boʻladi[2].

Atrofdagi munitsipalitetlar tahrir

Demografiyasi tahrir

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Iizuna aholisi soni XX asr oxirlarida nisbatan barqaror boʻlgan, ammo soʻnggi oʻn yilliklarda kamayib bormoqda.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
194012,533—    
195015,503+23.7%
196013,845−10.7%
197012,473−9.9%
198012−3.8%
199012,83+6.9%
200013,062+1.8%
201011,865−9.2%
202010,296−13.2%

Tarixi tahrir

Hozirgi Iizuna hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Edo davrida Mure Hokkoku Kaido shossesida post stansiyasi sifatida rivojlangan.

Zamonaviy shaharcha 2005-yil 1-oktyabrda Samizu va Mure qishloqlarining qoʻshilishi natijasida yaratilgan. Uning nomi shaharning gʻarbiy qismida qad rostlagan Iizuna togʻi nomidan olingan.

Iqtisodiyoti tahrir

Iizuna iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligi, birinchi navbatda sholi yetishtirish va bogʻdorchilikka asoslanadi.

Taʼlim tizimi tahrir

Iizunada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat boshlangʻich maktabi hamda bitta davlat oʻrta maktabi mavjud shuningdek Nagano prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta yuqori maktab faoliyat yuritadi.

Oʻrta maktab tahrir

  • Nagano prefekturali Hokubu oʻrta maktabi[4]

Kichik oʻrta maktab tahrir

  • Iizuna oʻrta maktabi

Boshlangʻich maktablar tahrir

  • Iizuna Choritsu Murehigashi boshlangʻich maktabi
  • Iizuna Choritsu Murehinishi boshlangʻich maktabi
  • Iizuna Choritsu Samizudaiichi boshlangʻich maktabi
  • Iizuna Choritsu Samizudaini boshlangʻich maktabi

Transporti tahrir

Temir yoʻl tahrir

Magistral yoʻl tahrir

  •   Joshin-etsu tezkr yoʻli
  • Milliy yoʻnalish 18

Mahalliy diqqatga sazovor joylar tahrir

  • Iizuna Osiyodagi yagona doimiy bobsley, chana va skeleton chngʻi uslublari bilan shugʻullanuvchilarning The Spiral uyi ekanligi bilan ajralib turadi. Bu hudud 1998-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari uchun tanlab olingan.

Galereya tahrir

Yanagasito
Sakaguchi
Sodenoyama
Hiraide
Oomiya va Mure ziyoratgohlari

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir