Ijroqoʻm buva
Ijroqoʻm buva, Aminov Tursinbuva (1891-Qoʻqon-1978) - taniqli xalq askiyachisi. Dastlabki yillarda qishloq kengashiga rais, jamoa mirobi boʻlgan. Ilk bor 1922-yil Bachqir qishlogʻida Yuzboshi buva, Erkaqori Karimovlar bilan askiya qilishgan. Askiyani toʻplash va oʻrganishda olimlarga yordam berish, askiyani davr talabiga mos rivojlantirish, ayniqsa yosh askiyachilarni tarbiya qilishda xizmatlari katta. "Bedana" payrovini dangasalarga qarshi kurash bilan bogʻlagan, "Gulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz?" kichik askiya shaklini payrov darajasiga koʻtargan. 1963-yil dan Qoʻqon teatri sahnasida askiyachilarning chiqishini tashkil etgan. Y. Nosirov, O. Qodirov, A. Begimov va b. uning shogirdlari.
Adabiyot
tahrir- Muhammadiyev R., Askiya, T., 1970.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |